Val tipidagi detallarga bоsim bilan ishlоv berish jarayonini lоyihalash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Val" tipidagi detallarga bosim bilan ishlov berish texnologiyasini loyihalashga bag'ishlangan. Unda mashinalarni yaratish jarayonlari, detallarni tayyorlash, qismlarni yig'ish, zamonaviy metall qirqish vositalaridan foydalanib berilgan detalni tayyorlash texnologiyasi, texnologik jarayon, korxonalarda mehnat muhofazasini tashkil etish, metall qirquvchi dastgohlarda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari, va mashinasozlik korxonalarining samarali faoliyatini ta'minlash masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Umumiy qism: Mashinasozlikda bosim bilan ishlashning ahamiyati, bolg'alash usuli bilan detallar tayyorlashga ta'sir etuvchi omillar, deformatsiyani deformatsiya tezligiga bog'liqligi, bolg'alash usuli bilan ishlov berishdan oldin metallarni qizdirish, qizdirish pechlarini tanlash masalalari yoritilgan.
- Texnologik qism: Detalni vazifasi va unga qo'yiladigan texnik shartlar, pakovka chizmasini shakllantirish, hisoblarni aniqlash, qo'yimlarni aniqlash, pakovka o'lchamlarini aniqlash, val detaliga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni, kesish rejimlari hisobi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
- Konstruktorlik qismi: Bolg'alangan detalni tekshiruv hisobi, maxsus moslama bayoni, moslamani aniqlikga hisobi.
- Mehnat muhofazasi: Detallarni presslashda jarayonida mexnat muhofazasi, detallariga ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari.
- Iqtisodiy qism: Ta'mirlash tsexining uchastkasini tashkil etish va ishlab chiqarish turini aniqlash, dastgohlar sonini va ularning yuklanishini aniqlash.