Микробиология ва қишлоқ ҳўжалиги биотехнологияси

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Namangan muhandislik-texnologiya institutining "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Kitobda "Mikrobiologiya va qishloq xo'jaligi biotexnologiyasi" fanidan ma'ruzalar matni keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Mikrobiologiya va qishloq xo'jaligi biotexnologiyasi fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi: Mikroorganizmlar dunyosining murakkabligi, tabiatda keng tarqalganligi, o'simlik, hayvon va insonlarda uchraydigan kasalliklarni qo'zg'atuvchiligi, moddalar almashinuvidagi ishtiroki va biologik xususiyatlari o'rganiladi. Biotexnologiyaning mohiyati va ahamiyati ham yoritilgan.
  • Mikroorganizmlar, ularning klassifikasiyasi, morfologiyasi, tuzilishi va ko'payishi: Mikroorganizmlarning organik olamdagi o'rni, bakteriyalar va ularning sistematikasi, zamburug'lar va viruslar haqida tushunchalar berilgan. Mikroorganizmlarning shakli, tuzilishi va ko'payish usullari klassifikasiyalangan.
  • Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri: Mikroorganizmlarga harorat, namlik, muhit reaksiyasi, kislorod va nur kabi tashqi muhit omillarining ta'siri o'rganilgan. Ularning o'sishi va rivojlanishiga harorat, suv, muhit darajasi va radiatsiya ta'siri ko'rsatilgan.
  • Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi: Mikroorganizmlarda katabolizm va biosintez jarayonlari, oziq moddalarga bo'lgan talabi, oziqlanish tiplari, nafas olishi va unda fermentlarning roli, fermentlar klassifikasiyasi, hujayralarda energiya yig'ilishi kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Ugleродni tabiatda almashinuvida mikroorganizmlarning roli: Ugleрод manbalari, uglerodli oziqlanish tiplari, karbonat angidrid va kislorod aylanishi, spirtli bijg'ish va uning ahamiyati, sut kislotali bijg'ish va uning ahamiyati, moy kislotasi bijg'ish kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • Azotni tabiatda almashinuvida mikroorganizmlarning roli: Azotli moddalarning tuproqda bir holatdan ikkinchi holatga o'tishi, ammonifikasiya jarayonlari, nitrifikasiya va uning bosqichlari, azot immobilizatsiyasi, denitrifikasiya jarayonlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mikroorganizmlarni oltingugurt, fosfor va temirni tabiatda almashinishida roli: Oltingugurt birikmalarining biologik sikli, fosfor organik birikmalarining o'zgarishi, tarkibida temir bo'lgan organik birikmalarning minerallanishi jarayonlari tahlil qilingan.
  • Mikroorganizmlarni tuproqni xosil bo'lishida va uning unumdorligini oshirishdagi axamiyati: Tuproq mikrobtexnologiyasi va uning vazifalari, tuproq mikrob senozining biologik tizimi, tuproqda mikrob senozlar faoliyatini boshqarishda organik va mineral oʻgʻitlar, almashlab ekishning ro'li.
  • Ем-хашак, сув ва xаво микробиологияси: Chorvachilikda ishlatiladigan yem-xashaklar, chorva oziqalarini achitish, sanoat usuli bilan mikrobli oqsil olish, oziq achitqilari ishlab chiqarish texnologiyalari ko'rib chiqilgan.
  • Genlar muxandisligi asoslari: Gen muxandisligining mohiyati, bakteriya klonlari va shtammlarini olish, transformatsiya va transduksiya jarayonlari, plazmidlar va restriktazalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Hujayra muxandisligi: Hujayra muxandisligining mohiyati va vazifalari, organ, to'qima va protoplastni sun'iy oziq muxitlarida o'stirish, kalus to'qimasini olish, xujayra suspensiyasi alohida hujayralar kulturasi, in vitro usuli yordamida yashashga moslashmagan duragaylarni ko'paytirish usullari bayon qilingan.
  • O`simliklar xujayra seleksiyasi: Oʻsimliklar seleksiyasida in vitro usulidan yordamchi usul sifatida foydalanish, organizmni yangi yashash sharoitiga moslashtirish, immunitet hosil qilish, bioximiyaviy xususiyatlarini yaxshilash yo’llari.
  • Fitogarmonlar va ularni biotexnologiyadagi ro`li: O’simliklar garmon tizimi, fitogarmonlar ta’sirining mоlekulyar mexanizmi, o’simliklarni o’sishi va rivоjlanishini bоshqaruvchi sun’iy regulyatоrlar.
  • Fermentlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi: Fermentlar xaqida ma`lumоt, fermentlarning xalq xо`jaligidagi axamiyati, fermentlar оlish texnоlоgiyasi, prоducentlarni suyuq оziqa muxitida yestirish, qattiq оziqa muxitida yestirish usullari yoritilgan.
  • Biоtexnоlоgiya xalq xо`jaligi xizmatida: Qishlоq xо`jaligida, оziq-оvqat sanоatida, tibbiyоt sоhasida biоtexnоlоgiya prоtseslaridan fоydalanish yо`llari.