Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi
Ushbu kitob "Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi" fanidan ma'ruzalar matnidir. Unda yarimo'tkazgichlar va dielektriklarning asosiy fizik xususiyatlari, tuzilishi, zonaviy strukturasi, elektr o'tkazuvchanlik mexanizmlari, kontakt xodisalari, qutblanish hodisalari va ularning texnikada qo'llanilishi kabi masalalar batafsil yoritilgan. Kitob bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga fanning asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini o'zlashtirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi fanining predmeti, vazifasi va manbalari: Fanning maqsadi, vazifalari, uslubiy ko'rsatmalari, baholash mezonlari. Fizika bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda fanning o'rni. Hozirgi zamon fan va texnikasida yarimo'tkazgichlar va dielektriklarning o'rni.
- Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar to'g'risida umumiy tushunchalar: Moddalarni elektrik xususiyatlari bo'yicha klassifikatsiyasi. Qattiq jismlar zonaviy nazariyasi asoslari. Qattiq jismlardagi kimyoviy bog'lanish turlari. Yarimo'tkazgichlar va dielektriklarning kristallik strukturasi. Brillyuen zonalari. Ruhsat etilgan va taqiqlangan energetik zonalar, yarimo'tkazgichlar va dielektriklarning zonaviy strukturasi.
- Qattiq jismlar zonaviy strukturasini aniqlash uchun kuchli bog'lanish usuli: Adabiatik va bir elektronli yaqinlashish. Qattiq jismlar zonaviy strukturasini aniqlash uchun kuchli bog'lanish usuli. Bir elektronli va adabiatik yaqinlashish.
- Ruxsat etilgan zonadagi xolatlar soni. Yarimo'tkazgichlarda elektronlar va kovaklar statistikasi: Fermi-Dirak taqsimot funktsiyasi, Fermi satxi tushunchasi. Zaryad tashuvchilarning samaraviy massasi. Ruxsat etilgan zonadagi xolatlar soni.
- Amorf yarimo'tkazgichlar va dielektriklar: Amorf moddalarning zonaviy strukturasining xususiyatlari. Xarakatchanlikning tirqishi va sirt xolatlarining dumlari.
- Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar elektr o'tkazuvchanlik mexanizmlari: Kristallardagi kirishmalar va nuqsonlar. Elektron elektr o'tkazuvchanligi. Xarakatchanlik. Xarakatchanlikning temperatura va elektrik maydon kuchlanganligiga bog'liqligi.
- Amorf dielektriklarning elektro'tkazuvchanligining xususiyatlari, sakrovchan o'tkazuvchanligi: Nuqsonning hosil qilish energiyasini baholash. Ion o'tkazuvchanlik. Ion o'tkazuvchanlikning aktivatsiya energiyasi.
- Kuchli elektr maydonlardagi xodisalar: Kuchli elektr maydonlardagi xodisalar. Dielektriklar teshilishi. Dielektriklar teshilish mexanizmlari.
- Yarimo'tkazgichlar va dielektriklarda kinetik xodisalar: Galvanomagnitik samaralar. Termoelektrik samaralar. Termomagnitik samaralar.
- Nomuvozanat va muvozanatiy zaryad tashuvchilar: Nomuvozanat va muvozanatiy zaryad tashuvchilar. Generatsiya, rekombinatsiya xodisalari. Zaryad tashuvchilarning yashash vaqti va relaksatsiya vaqti xaqlarida tushuncha
- Diffuziyaviy va dreyf toklari: Tokning uzluksizlik tenglamasi. Diffuziyaviy va dreyf toklari. Zaryad tashuvchilarning xarakatchanlik va diffuziya koeffitsienti orasidagi boglanishi
- Bir jinsli bo'lmagan yarimo'tkazgichlar va dielektriklardagi potentsial to'siqlar: Bir jinsli bo'lmagan yarimo'tkazgichlar va dielektriklardagi potentsial to'siqlar. Yarimo'tkazgichlar va dielektriklarda kontakt xodisalar. Injektirlovchi va to'grilovchi kontaktlar
- Tashqi elektr maydonda dielektriklarning qutblanishi, qutblanish mexanizmlari: Tashqi elektr maydonda dielektriklarning qutblanishi, qutblanish mexanizmlari.Moddaning tuzilishi va strukturasi xamda uning qutblanganligi orasidagi boglanish.Qutblanishning elastik va noelastik mexanizmlari
- Segneto va pezoelektriklar, elektretlar: Segneto va pezoelektriklar, elektretlar.Klauzius-Mosotti tenglamasi va Born formulasi.Dielektrik singdiruvchanlikning temperaturaviy koeffitsienti
- Dielektrik yo'qotishlar burchagining tangensi: Dielektrik yo'qotishlar burchagining tangensi.Dielektrik singdiruvchanligining kompleks ko'rinishi. Koul-Koul diagrammalari yordamida relaksatsiya vaqtini aniqlash.Dielektriklarda elektromagnit to'lqinlarni tarqalishi.Dielektriklarning optik xususiyatlari.Dielektriklarda yoruglikning yutilishi