"“G'uzor shahar sanoat va kommunal maishiy oqava suvlarini tahlili va tozalash texnologiyasini takomillashtirish” "

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Atrof muhit muhofazasi" muhim masalalaridan biri - "G'uzor shahri sanoat va kammunal maishiy oqova suvlarini tahlil qilish va tozalash texnologiyasini takomillashtirish" mavzusiga bag'ishlangan. Ishda G'uzor tumanining iqlim sharoitlari, tabiiy resurslari, suv resurslari tahlil qilinadi. Shahar hududidagi sanoat va kammunal maishiy oqova suvlarning tarkibi va me'yorlari o'rganiladi. Shuningdek, shahar hudududan chiqayotgan oqova suvlarni tozalash texnologiyalari muqobillik asosida tavsiya etiladi va eng samarali texnologiyalar ularning texnik parametrlari va boshqa ko'rsatkichlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, texnik-iqtisodiy hisoblash usullari bajarildi va iqtisodiyot tarmoqlaridan chiqayotgan chiqindi oqova suvlar uchun soliq to'lovlarini tatbiq qilinishi va ma'sul davlat korxona va muassasalari tomonidabn doimiy ravishda nazorat qilinishi natijasida yaxshi ko'rsatkichlarga erishilmoqda. Ishda modernizatsiyalashgan texnalogiyalar joriy etilishi natijasida nafaqat shahar hududining ekologik holati yaxshilandi, balki kundan-kunga suv resurslariga bo'lgan tanqislikni oldini olish maqsadida tozalash texnalogiyalaridan chiqayotgan oqova suvlardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun tavsiyalar berildi.

Asosiy mavzular

  • G'uzor tumanining umumiy tavsifi: G'uzor tumanining geografik joylashuvi, geologik tuzilishi, iqlim sharoitlari, suv resurslari, o'simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, ekologik tasnifi va shamol yo'nalishining tahlili.
  • G'uzor shahrida oqova suvlarning hosil bo'lishi va xususiyatlari: Oqova suvlarning tasnifi (maishiy, atmosfera, sanoat), tarkibi (organik va anorganik moddalar), ifloslantiruvchi moddalar va ularning xavflilik darajasi, shuningdek, oqova suvlarning ko'rsatkichlari (organoleptik, fizik-kimyoviy).
  • G'uzor shahri oqova suvlarini tozalash usullari: Oqova suvlarni tozalashning mexanik, biokimyoviy (aerob va anaerob usullar), fizik-kimyoviy usullari (koagullash, flokullash, flotatsiya) va tabiiy sharoitda tozalash (obodonlashtirish maydonlari, biologik havzalar).
  • Mehnat muhofazasi: Ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari, jarohatlanuvchilarga kompensatsiya to'lash tartibi, ish beruvchilar va xodimlarning huquq va majburiyatlari.
  • Texnik-iqtisodiy hisoblar: Oqova suvlar tarkibidagi zararli moddalar uchun to'lanadigan soliqlar, atrof-muhitga yetkazilgan zararni baholash, tozalash texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.