Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu kitob informatika va axborot texnologiyalari faniga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda fan asoslari, texnik vositalari, dasturiy ta'minot, ma'lumotlar bazasi va kompyuter tarmoqlari kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy tushunchalari: Fanning ta'rifi, mohiyati, o'qitish maqsadi, vazifalari, fanga taaluqli qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, informatikaning tarixi, hozirgi zamondagi o'rni va rivojlanish istiqbollari.
- Axborot va ma'lumotlarning tasnifi va xususiyatlari: Axborot madaniyati, iqtisodiy axborot, axborot turlari, belgilarga ko'ra tasniflash, ma'lumot hajmi, o'lchovi, elektron ko'rinishi.
- Texnik vositalari va ularning rivojlanish istiqbollari: Texnik vositalar ta'rifi, EHM tasnifi, yaratilish bosqichlari, shaxsiy EHM tuzilishi, ma'lumot kiritish va chiqarish qurilmalari, telekommunikatsiya vositalari.
- Mashinaga informatsiya kiritish va xotirada saqlash: Mashina arifmetikasi, sanoq tizimlari, axborot tizimlari, axborot zaxiralari, ularni tanlash va tasniflash.
- EHMning dasturiy ta'minoti: Dasturiy ta'minotning rivojlanish tendensiyalari, tasnifi, tizimli va amaliy dasturiy ta'minot, DOS operatsion tizimi, Norton Commander dasturi.
- FAT32 fayllar sistemasi: FAT32 fayllar sistemasi va unda ishlash yo'nalishlari, «Мой компьютер» papkasi, “Проводник” va WINDOWS (TOTAL) COMMANDER dasturlari.
- Microsoft Office paketi tarkibi: Matn axborotlarini qayta ishlash dasturlari, matn muharrirlari haqida tushuncha, Microsoft Word dasturi.
- Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ta'rifi, turkumlanishi, ma'lumotlar banki, MB ga qo'yilgan talablar, MS Access.
- Ma'lumotlar bazasini yaratish printsiplari: Axborot mantiqiy modeli, rekvizitlar, axborot ob'ektlari, aloqalar, normallashtirish talablari.
- Kompyuter tarmoqlari: Kompyuter tarmoqlari tushunchasi, tasnifi, Internet global kompyuter tarmog'i.
- Internet resurslari: Internet resurslari va ulardan foydalanish, brauzerlar, ishlatish.