O‘zbek tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ushbu qoʻllanma universitetlarning filologiya yoʻnalishi talabalari, pedagogika institutlarining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari, yosh oʻqituvchilar va shu soha bilan qiziquvchilarga moʻljallangan bo'lib, o'zbek tilini o'qitish metodikasini takomillashtirish masalalarini yoritadi.

Asosiy mavzular

  • ONA TILI OʻQITISH METODIKASI-FAN SIFATIDA: O'zbek tili oʻqitish metodikasining pedagogika fanlari sirasidagi o'rni, uning kurs sifatida maqsad va vazifalari, ona tili ta'limining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlari.
  • Ona tili oʻqitish metodikasining maqsad va vazifalari: Oʻzbek tili oʻqitish metodikasining asosiy maqsadi oʻquvchilarda til imkoniyatlaridan mustaqil holatda toʻgʻri hamda o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy istiqlol g'oyasi hamda sharqona tarbiyani berishdan iborat.
  • Ona tili oʻqitish metodikasining tekshirish metodlari: Kuzatish metodi, tajribani oʻrganish, oʻquvchilar bilan shaxsiy suhbat metodi, anketa metodi, eksperiment metodi, metodik merosni oʻrganish metodi.
  • ONA TILI OʻQITISHNING UMUMDIDAKTIK TAMOYILLARI: Taʼlim-tarbiya mosligi, Ilmiylik va tushunarlilik tamoyili, Tizimlilik va izchillik, nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar hosil qilish, Oʻqitishda koʻrgazmalilik.
  • Ona tili darslarining tiplari va tuzilishi: Yangi materialni izohlash darslari, oʻtilganlarni mustahkamlash darslari, bilim va malakalarni tekshirish darslari. Uy vazifalari va ularni tekshirish.
  • Oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq metodlar: Bilimlarni tayyor holida bayon qilish, bilimlarni suhbat vositasida bayon qilish, bilimlarni muammoli bayon qilish. Va o`quvchi faoliyati bilan bogʻliq metodlar: reproduktiv metodlar, qisman izlanuvchanlik metodlari, izlanishga asoslangan metodlar.
  • Fonetika oʻqitish prinsplari, maqsad va vazifalari.: Talaffuz me'yorlariga rioya qilish, tovushlarni morfema tarkibida ko'rib chiqish, tovush va harfni qiyoslash.
  • Nutq tovushlarini oʻqitishning metod va usullari: Tovushlarning yozuvdagi ifodasi, unlilar imlosi, urgʻu, undoshlar imlosi, boʻgʻin, nutq tovushlarining so'z ma'nosiga ta'siri.
  • Leksikologiya oʻqitishning prinsplari, maqsad va vazifalari: Leksik-grammatik prinsip, kontekstli prinsip, leksik-sintaktik prinsip.
  • Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlarni, iboralarni oʻtish metodikasi: Soʻzlarning lugʻaviy maʼnosi, bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlarning farqi, iboralar haqida tushuncha.
  • Morfologiya oʻqitishning maqsad va vazifalar hamda mustaqil soʻzlarni oʻtish metodikasi: Soʻzlarning anglatadigan maʼnolari, morfologik belgilari, sintaktik funksiyasiga koʻra turkumlarga ajratish.
  • Yordamchi soʻz turkumlari va alohida ajratilgan soʻzlarni oʻtish: Yordamchi soʻzlarning mustaqil soʻzlardan va oʻzaro bir-biridan farqlari, modal soʻzlar, undov soʻzlar, taqlid soʻzlar.
  • Sintaksis oʻqitishning maqsad va vazifalari hamda soʻz birikmasini oʻtish metodikasi: So'z birikmasi hokim va tobe soʻzlardan tuziladi, ularning bog'lanish usullari, sodda va qoʻshma gaplar.
  • Ona tili darslarida imlo qoidalarini oʻrgatish: Unlilar imlosi, ayrim undosh tovushlar va ularning imlosi kabi mavzularni oʻrganish.
  • OʻQUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI: Nutq madaniyatini tarbiyalash, adabiy til me'yorlariga amal qilish, so'z boyligini oshirish.
  • Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda qoʻllaniladigan mashqlar: Soʻzlarning maʼnosini aniqlash, soʻzlarni turlarga ajratish, soʻzlarni oʻrinli qoʻllash, matnlar tuzish.
  • KIRISH. MILLIY ISTIQLOL GʻOYASI VA MA'NAVIY BARKAMOLLIK: Milliy istiqlol mafkurasining asosiy gʻoyalari, milliy istiqlol g'oyasini oʻquvchilar ongiga singdirish, ma'naviy barkamollik.
  • YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA UNING TAMOYILLARI: Pedagogik texnologiya tushunchasi, pedagogik texnologiyaning yoʻnalishlari, pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy qismlari.
  • AN'ANAVIY VA NOAN'ANAVIY DARS ShAKLLARI, ULARNING OʻZARO FARQI: An'anaviy ta'limda qoʻllaniladigan metodlar, noan'anaviy dasturlar, an'anaviy va noan'anaviy davrlar qiyosi.