Kosonsoy paxta tozalash korxonasini bosh binosini takomillashtirib, qayta loyihalash.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Kosonsoy paxta tozalash korxonasini bosh binosini takomillashtirib, qayta loyihalash" mavzusiga bag'ishlangan. Ishda paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi, mashina va uskunalarning mexanik qismlari, mehnat muhofazasi hamda iqtisodiy hisob-kitoblar yoritilgan. Korxonani takomillashtirish, xususan, tozalash samaradorligini oshirish va tola sifatini yaxshilash bo'yicha takliflar berilgan.
Asosiy mavzular
- Texnologik qism: Paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish dasturini hisoblash, tozalash samaradorligi, paxta tolasining ifloslik bo'yicha sifatini hisoblash, tolali mahsulotlarni toylashda ishlatiladigan gidroprssning ish unumdorligini hisoblash masalalari ko'rib chiqilgan.
- Mexanika qismi: Arrali jinning tuzilishi va ishlashi, ishchi kamerasi tuzilishining jinlash jarayoniga ta'siri, arrali jin ishchi qismlarining o'zaro joylashishi, xom ashyo valigining tarkibi va aylanadigan tezligi, kosonsoy PTK da chigitli paxtani xavo yordamida ajratish uchun ventilyator tanlash usullari yoritilgan
- Mehnat muhofazasi qismi: Sanoatda titrashdan saqlanish, titrashning inson organizmiga ta'siri, mashina va agregatlarda titrashning kamaytirish usullari, titrashni izolyatsiya qilish, titrashdan saqlanish shaxsiy muhofaza jihozlari, titrashni o'lchash vositalari haqida ma'lumot berilgan.
- Iqtisodiy qism: Biznes reja tuzish bosqichlari, Kosonsoy «Paxta tozlash» OAJning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, jin mashinasini takomillashtirishni texnik-iqtisodiy asoslash, kapital va ekspluatatsion xarajatlar hisobi, yillik iqtisodiy samarani hisoblash masalalari o'rin olgan.