Абу Абдуллоҳ ал-Хоразмий ва илмлар таснифи тарихидан

Ushbu kitobda Xorazmda yashab ijod etgan Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmiy merosi, "Mafotih al-ulum" asari va unda yoritilgan ilm-fan sohalari tahlil qilingan. Kitobda o'rta asrlar ilm-fani rivojiga Xorazmiyning qo'shgan hissasi, shuningdek, uning ilmiy qarashlari va ta'limotlari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • An'anaviy "arab" ilmlari va ilk o'rta asrlarda gumanitar bilimlar: Fiqh, kalom, grammatika, ish yuritish, she'riyat va aruz kabi an'anaviy arab ilmlari hamda ularning o'rta asrlardagi rivoji va ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
  • "Arab bo'lmagan" ilmlar: Falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika, handasa, ilmu-n-nujum (astronomiya), musiqa, mexanika va kimyo kabi arab bo'lmagan ilmlarning o'rta asrlardagi holati, rivojlanishi va ahamiyati tahlil qilingan.
  • Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va o'rta asrlar ilmi: Al-Xorazmiyning "Mafotih al-ulum" asari o'rta asrlar ilmiy tafakkurining qomusi bo'lib, unda o'sha davrning deyarli barcha asosiy fan sohalari qamrab olinganligi, muallif har bir fanning mazmunini asosiy atamalarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib berganligi ta'kidlangan.
  • Ijtimoiy va gumanitar ilmlar: asarida ijtimoiy-siyosiy za gumanitar ilmlarga katta e'tibor berilganligi. Ularning tavsifi, tahlili, bahosi Al-Xorazmiy davlatni boshqarishda qattiq intizomli va tartibli markazlashgan hokimiyat tarafdori bo'lib, tartibsizlikka va qonunsizlikka qarshi ekanligidan dalolat beradi.
  • Dinlar haqida ma'lumot: Muallif turli dinlar va mazhablar ta'rifini beradi va izohlaydi: islomdan oldingi Eron va Yaman. Hindistondagi diniy e'tiqodlar va mazhablarning qayd qilinishini ta'kidlab o'tish kerak. Ob'ektiv bahs beruvchi din tarixchisi sifatida gavdalanadi. Iymlar rivojining tarixiy jarayonini ob'ektiv yoritib berishga xarakat kiladi.