Ҳарбий спорт ва спорт ускуналари
Ushbu kitob "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi bo'yicha talim olayotgan talabalarga "Harbiy sport va sport uskunalar" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan o'quv dasturdir. Unda talabalarni harbiy sport inshootlari, ularning loyihalashtirilishi, qurilishi, jihozlanishi hamda foydalanish qoidalari bilan tanishtirish ko'zda tutilgan. Kitobda sport maydonlarining o'lchamlari, texnik jihozlar, turli sport uskunalarining nusxalari, xavfsizlik qoidalari va materiallar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Harbiy sport va sport uskunalarining mohiyati: Fanning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, laboratoriya mashg'ulotlarida foydalaniladigan jihozlar, o'qitish semestri va fanga ajratilgan soatlar hajmi.
- O'quv yurtlarida Chaqiriqqacha harbiy ta'lim (ChHT) ob'ektlari: ChHT fani ob'ektlarini barpo qilish, maxsus jihozlangan o'q otish joylari (tir), to'siqlar yo'lagi va sport shaharchasi, ochiq va yopiq sport uskunalarini yaratish bo'yicha ma'lumotlar.
- Harbiy sport inshootlarining qurilishi: Qurilishda ishlatiladigan materiallar haqida ma'lumotlar, sport va harbiy sport uskunalaridan foydalanish, sport mashg'ulotlari o'tkaziladigan joylar va sport inshootlari, o'quvchilarni jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi trenajyorlar.
- Maxsus jihozlangan o'q otish joylari (tirlar): Pnevmatik va kichik kalibrli miltiqdan otiladigan tirlarni joylashtirish texnologik sxemalari.
- Sport maydonlarining tuzilishi va jihozlanishi: Sport maydonlarining o'lchamlari, muhandislik-texnik jihozlar, to'siqlar yo'lagining turlari.
- Harbiy sport inshootlaridan foydalanish: Harbiy sport va sport inshootlaridan foydalanishni tashkil etish asoslari, inshootlarni qonun va normalar talablari asosida baholash, o'quv qurollari va sport uskunalarining ta'minoti.