Fermer xo'jaliklari ma'lumotlar bazasi tahlilining murtimediyali tasviri

Ushbu kitob qishloq xo'jaligi sohasidagi fermer xo'jaliklarida ma'lumotlar bazalarini avtomatlashtirish va ularni mul'timediali tahlil qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda ma'lumotlar bazalarini yaratish, boshqarish, hamda ushbu ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari o'rganiladi. Kitobda Delphi dasturlash muhiti yordamida ma'lumotlar bazalarini yaratish va ularni vizual tasvirlash usullari hamda amaliy dasturlar yaratishning algoritmlari batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Ma'lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar: Ma'lumotlar bazasining mohiyati, turlari, tuzilishi, hamda MBni yaratishda e'tiborga olish zarur bo'lgan jihatlar, tizimlalashtirilgan va tizimlashtirilmagan ma'lumotlar, maydon, yozuv, fayl tushunchalari, MBni boshqarish tizimlari (MBBT).
  • Delphi vizual dasturlash vositasida ma'lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari: Delphi muhitining MB bilan ishlash vositalari, MB bilan ishlovchi komponentlar (instrumental va komponentlar), BDE, SQL Links, InterBase Server kabi vositalarning vazifalari, vizual va novizual komponentlar, ma'lumotlarni vizual tasvirlash komponentlari.
  • MBBTda ishlatiladigan ilovalarni tuzish va ishlatish vositalari: MBni boshqarishda ishlatiladigan ilovalar, BDE administrator utilitasi, MB jadvalini tuzish, ma'lumotlarni izlash va fil'trlash, BDE yordamida MB bilan ishlash algoritmi, MBBT da ishlatiladigan ilovalarni yaratish tartibi.
  • Fermer xo'jaliklari ma'lumotlar bazasini mul'timediyali tahlilining dasturiy vositasini ishlab chiqish: Fermer xo'jaliklari uchun MB jadvalini tuzish, ma'lumotlar omborini yaratish algoritmi, ma'lumotlarni kiritish va tahrirlash, MBdan ma'lumotlarni izlash, natijalarni mul'timediali (grafik) shaklda tasvirlash, ish jarayonini avtomatlashtirish algoritmlari.