Menejment va marketing asoslari
Ushbu kitob menejment va marketing asoslarini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda menejment fanining predmeti, ob'ekti va metodi, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv maqsadi va funktsiyalari, boshqarishning tashkiliy strukturalari, boshqarish usullari, boshqaruv qarorlari va uning mohiyati, menejmentda motivlashtirish, boshqarishda axborot va kommunikatsiya, marketingning nazariy asoslari, marketing tizimida axborot ta'minoti, marketing muhiti, bozorni va iste'molchilarni o'rganish, marketing tizimida tovar, narx siyosati, kommunikatsion siyosatga oid masalalar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Menejment fanining predmeti, ob'ekti va metodi: Menejment fanining mazmuni va mohiyati, menejment ob'ekti va sub'ekti, menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar
- Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi: Boshqarish ta'limotidagi yo'nalishlar, "Ilmiy menejment" maktabi, Mumtoz menejment namoyondasi, Insoniy munosabatlar maktabi, "Tizimli" menejment mohiyati, O'rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
- Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari: Boshqaruv maqsadi va unga qo'yiladigan talablar, Boshqaruv maqsadi turlari, Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati, Boshqarishning asosiy, o'ziga xos aniq funktsiyalari
- Boshqarishning tashkiliy strukturalari: Boshqarish strukturasining mazmuni, Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari, Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo'llari, Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
- Boshqarish usullari: Boshqarish usullari to'g'risida tushuncha, Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari, Boshqarishning iqtisodiy usullari, Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari
- Menejerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o'rni: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi, Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi, Rahbar fazilatlari to'g'risida Gippokrat fikrlari, Rahbarga qo'yiladigan talablar. Rahbar madaniyati
- Boshqaruv qarorlari: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo'yiladigan talablar, Boshqaruv qarorlarini tasnifi, Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish, Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
- Ishlab chiqarishni boshqarish: Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati, Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari, Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish, Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
- Mehnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish: Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi, Xodimlarni boshqarish tizimi, Xodimlarni boshqarish tamoyillari, Xodimlarni rejalashtirish, Xodimlarni boshqarish samaradorligi
- Menejmentda motivlashtirish: Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati, Motivlashtirish modellari va strategiyasi, Motivlashtirish nazariyalari
- Boshqarishda axborot va kommunikatsiya: Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli, Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo'yiladigan talablar, Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi, Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon, Axborot almashuv jarayonidagi muammolar
- Marketingning nazariy asoslari: Marketing tushunchasi va uning mohiyati, Marketingning maqsad va vazifalari, Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi, Marketingning funktsiyalari va tamoyillari, Marketing turlari
- Marketing tizimida axborot ta'minoti: Marketingda axborotlarning ahamiyati, Marketing axborotlari turlari, Marketing axboroti manbalari
- Marketing muhiti: Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati, Korxona mikro-muhiti, Korxona makro-muhiti
- Bozorni va iste'molchilarni o'rganish: Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari, Bozor kon'yunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar, Bozorni segmentlash va uning mohiyati, Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar
- Marketing tizimida tovar siyosati: Marketing tizimida tovar tushunchasi, tovar siyosati va uning o'rni, Tovarning hayotiy davri va bosqichlari, Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi
- Marketing tizimida narx siyosati: Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi, Narx shakllanish uslublarini tanlash, Narx strategiyalar
- Marketingda kommunikatsion siyosat: Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati, Reklama va reklama vositalari, Marketingda sotishni rag'batlantirish