Kommunal to’lamlarda interaktiv xizmatlarni tashkil qilish masalalari

Ushbu bitiruv malakaviy ishi veb texnologiyalari asosida saytda interaktiv xizmatlarni tashkil qilish masalalariga bag'ishlangan. Ishda aholiga kommunal to'lovlarni amalga oshirishda yordam beradigan interaktiv xizmatlar ko'rsatish tizimini yaratish masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Web texnologiyalar asosida interaktiv xizmatlarni tashkil qilish: Ushbu bo'limda O'zbekistonda internet texnologiyalaridan foydalanish holati tahlil qilinadi, interaktiv xizmatlar tushunchasi, internet orqali ko'rsatiladigan interaktiv xizmat turlari, hukumatdagi interaktiv xizmatlar tashkil qilish ishlari va zamonaviy dasturlash tillari haqida ma'lumot beriladi.
  • Web texnologiyasi asosida web saytda interaktiv xizmatlarni tashkil qilish: Ushbu bo'limda web sahifani yaratishda PHP va SQL tillaridan foydalanish, SQL so'rov operatoridan foydalanib tanlashlarni tashkil etish, web sahifadagi interaktiv xizmatdan foydalanish yo'riqnomasi ko'rib chiqiladi.
  • SQL asoslari: Ushbu mavzu ma'lumotlar bazasi dunyosi, SQL tili, ma'lumotlar tiplari, jadvallar bilan ishlash, SQL turlariga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
  • Web dasturlash tillari haqida. PHP tili asoslari: Ushbu mavzu PHP dasturlari, sintaksisi, o'zgaruvchilar, konstantalar, operatorlar, sikllar va funksiyalari haqida ma'lumot beradi.