Виброзашита человека-оператора в полях вибрации технологическых машин

Ushbu kitob inson-operatorlarni texnologik mashinalarning tebranish maydonlarida himoya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda tebranish maydonlarining xususiyatlari, ichki dissipatsiya va insonning ish joyiga suyanish usullarini hisobga olgan holda "inson-tebranishni so'ndiruvchi-ish maydonchasi", "inson-o'rindiq-tebranishdan himoya qiluvchi moslama" sistemalarining dinamik masalalarini yechish nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Olingan natijalar asosida tebranishdan himoya qiluvchi ish maydonchasining va o'rindiqning geometrik va dinamik parametrlari aniqlangan, tajriba xonada va ishlab chiqarishda o'tkazilgan sinovlar jarayonida ularning yuqori darajada tebranishdan himoyalash imkoniyatlari ko'rsatilgan. Texnologik mashinalarning keng sinfi tebranish maydonini tekshirish usuli yaratilib, olingan natijalar asosida ularni klassifikatsiya qilingan. Olingan natijalar va moslamalar ishlab chiqarishda qo'llanilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnologik mashinalarda inson-operatorlarni tebranishdan himoya qilish: Texnologik mashinalar tebranish maydonlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda inson-operatorlarni himoya qilishning nazariy asoslari va amaliy yechimlari.
  • "Inson-tebranishni so'ndiruvchi-ish maydonchasi" sistemasi: Ushbu sistema uchun dinamik masalalarni yechish usullari, tebranishni so'ndiruvchi va ish maydonchasining parametrlari.
  • "Inson-o'rindiq-tebranishdan himoya qiluvchi moslama" sistemasi: Ushbu sistema uchun dinamik masalalarni yechish usullari, o'rindiq va tebranishdan himoya qiluvchi moslamaning parametrlari.
  • Tebranish maydonini tekshirish usuli: Texnologik mashinalarning tebranish maydonini tekshirish va klassifikatsiya qilish usullari.