Тасвирий санъат фанини ўқитиш методикаси

Ushbu kitob bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan. Unda tasviriy va amaliy san'atni o'qitish metodikasining nazariy asoslari, prinsiplari, shakllari va usullari ko'rib chiqilgan. Kitobda o'qitish jarayonida qo'llaniladigan ko'rgazmali qurollar, darsliklar va boshqa materiallar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, O'zbekiston va jahon san'atining rivojlanish tarixi, mashhur rassomlar va ularning asarlari tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Tasviriy san'at o'qitish metodikasining maqsad va vazifalari: Bakalavr darajasidagi talabalarning kompetensiyaviy xususiyatlari bolajak tasviriy san'at o'qituvchisiga yuklaydigan vazifalarni yuksalishga bog'laydi. Yuksak axloqiy talablarga javob bera oladigan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o'zlashtirgan, o'zbek xalqining urf-odatlari, an'analari va madaniyatini qadrlaydigan o'qituvchi bo'lish talab etiladi.
  • Tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan metodlar: Ta'lim metodlari deganda, talabalarni bilim, mahorat va malakalarini oshirishda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoviy bilimlarni chuqur egallashda o'qituvchilarning qo'llagan ish metodlari tushuniladi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'limning turli usullari qo'llaniladi: o'quv, o'quv turi, rejasini dasturi va ta'lim prinsiplari, o'quv tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalariga e'tibor qaratiladi.
  • Tasviriy san'at asoslarini o'qitishda individual yondashuv: Maktab har bir individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan turli yoshdagi bolalar ta'lim oladi. O'quvchilar orasida ko'rib turgan narsalarni to'g'ri tasvirlay oladigan xotira asosida qiynalmay rasm chizadiganlar bilan bir qatorda, oddiy rasmga qarab nusxa ko'chirishga ham qiynaladiganlar uchraydi. Bu borada ba'zi o'quvchilarning ko'rish qobiliyatining sustligi, rang sezmasligi kabi boshqa hollar hisobga olinadi. O'quvchilarning qobiliyat va xususiyatlariga qarab guruhlarga bo'lib ta'lim berish metodi maqsadlidir.