Tarixiy geografiya fanidan ma'ruzalar matni
Ushbu kitob O'zbekiston va O'rta Osiyo tarixiy geografiyasiga bag'ishlangan bo'lib, turli davrlardagi geografik bilimlarni, ma'muriy tuzilishni, xo'jalik faoliyatini va ekologik muammolarni qamrab oladi. Kitob qadimgi davrlardan to mustaqillik davrigacha bo'lgan O'zbekiston tarixiy geografiyasini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- Tarixiy geografiya fanining maqsadi va vazifalari. Tarixiy kartografiya: Tarixiy geografiyaning predmeti, bo'limlari, asosiy vazifalari va manbalari, rivojlanish bosqichlari, kartografiya haqida ma'lumot. Tarixiy kartografiya ilmiy fan sifatida, turlari, vazifalari, paydo bo'lish bosqichlari va taraqqiyoti, yangi davrdagi asosiy yo'nalishi.
- Qadimgi davr O`rta Osiyo tarixiy geografiyasi: Yunon va Rim tarixchilarining O'rta Osiyo tabiati haqidagi ma'lumotlari, qadimgi davrdagi xalqlar va madaniyati, Axmoniylar hukmronligi davridagi O'rta Osiyo, Makedonskiy yurishlari davrida O'rta Osiyo va O'zbek davlatchiligi Kushonlar davrida.
- Ilk o`rta asrlar geografiyasi va arablarning O'rta Osiyoga istisi davri tarixiy geografiyasi: Er egaligining shakllanishi, aftalilar tarixiy geografiyasi, turk xoqonligi, ilk feodalizm davriga oid geografik bilimlar. Arablarning O`rta Osiyoni istilo qilishi, arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari, arablardan keyin tashkil topgan davlatlar geografiyasi.
- IX-XIV asrlar tarixiy geografiyasi: Somoniylar va Qoraxoniylar davlatlari, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar, IX-XII asrlarda geografik bilimlar. Mo`g'illarning O`rta Osiyoni istilo qilishi, Chig'atoy ulusi va Mug'illar davrida O`rta Osiyo.
- Amir Temur va temuriylar davri tarixiy geografiyasi: Amir Temur davlatining tashkil topishi, siyosiy va iqtisodiy ahvoli, ma'muriy tuzilishi. Temuriylar davrida geografik bilimlarning rivojlanishi.
- Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri tarixiy geografiyasi: Ko`chmanchi o`zbeklar istilosi, Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlarining ma`muriy tuzilishi, xo`jaligi va geografik bilimlari.
- Xonliklar davri tarixiy geografiyasi: Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarining ma`muriy hududiy tuzilishi, aholisi, xo`jaligi, ichki va tashqi savdo. Geografik bilimlar va O`rta Osiyoni o`rganish.
- Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoni istilo qilishi tarixiy geografiyasi: Rossiya imperiyasi istilosi geografiyasi, ma`muriy hududiy bo`linishi, Turkiston aholisi, agrar siyosat va sanoatning bir tamonlama rivojlanishi.
- O'zbekistonning sovet davridagi tarixiy geografiyasi: Oktabr to`ntarishidan keyingi iqtisodiy o`zgarishlar, ma`muriy – hududiy chegaralanish, kolxozlashtirish, qishloq xo`jaligi, ekologik muammolar va sanoatning bir tomonlama rivojlanishi.
- Mustaqillik davri tarixiy geografiyasi: O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar.