3.25 GeV/c impulsli 16Op-to’qnashuvlarida 3H, 3He, 7Li va 7Be ko’zgu yadrolarining hosil bo’lishini o’rganish
Ushbu kitob yadro tuzilishi, yuqori energiyalar fizikasi, relyativistik yadro reaktsiyalari va zarralar fizikasi masalalariga bag'ishlangan. Unda yadro va elementar zarralarning xususiyatlarini o'rganish, yadro reaktsiyalarini amalga oshirish hamda turli xil tezlatgichlar yordamida yuqori energiyali zarralar bilan tajribalar o'tkazish masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Yadro tuzilishi va reaktsiyalari: Yadro tuzilishi va uning reaktsiyalardagi roli, zaryad almashinuv jarayonlari, relyativistik yadrolarning nuklonlar va yadrolar bilan o'zaro ta'siri, poluinklyuziv va eksklyuziv reaktsiyalar.
- Ko'zgu yadrolarning hosil bo'lish uslubi: Qayd qilgichlar va ularning turlari, pufakchali vodorod kamerasining xususiyatlari, voqealarni qarash, ajratish va o'lchash usullari.
- Tezlatgichlar: Tezlatgichlarning turlari (sinxrofazatron, siklotron, mikrotron va boshqalar), ularning ishlash prinsiplari, asosiy xususiyatlari va qo'llanilish sohalari.
- 3.25 GeV/c impulsli 16Op yadrolarining to'qnashuvi: 3H, 3He, 7Li va 7Be kuzguli yadrolarining hosil bo'lishini o'rganish, tepki protonlar bilan birgalikda hosil bo'lishi, inklyuziv va eksklyuziv kanallar.