Tibbiy biologiya

Ushbu kitob tibbiy genetika faniga bag'ishlangan bo'lib, tibbiyot institutlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda irsiy kasalliklar, ularning diagnostikasi, davolash usullari va oldini olish choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitob tibbiy genetikaning asosiy tushunchalari, usullari va klinik jihatlari haqida to'liq ma'lumot beradi.

Asosiy mavzular

  • Tibbiy genetikaga kirish: Fanning maqsadi, vazifalari, tarixi, zamonaviy yutuqlari, o'rganish usullari va irsiy kasalliklar tasnifi.
  • Xromosoma va gen kasalliklari: Irsiy kasalliklar diagnostikasi va davolash tamoyillari. Tibbiy-genetik maslahat.
  • Muntazam va genetik kasalliklar: Muntazam kasalliklarni klinik tekshirish asoslari, muntazam va genetik etiologiyalar.
  • Gen kasalliklari: nerv-mushak, modda almashinuvi, biriktiruvchi to'qima kasalliklari va boshqalar.
  • Irsiy moyillik kasalliklari: Multifaktorli kasalliklar haqida tushuncha, tashxislash, prognoz va davolash printsiplari.
  • Irsiy kasalliklar profilaktikasi: Tibbiy-genetik maslahat vazifalari bilan tanishtirish, tibbiy-genetik maslahatga bemor va uning oila-qarindoshlarini yullashga asoslar.
  • Irsiy va tug'ma rivojlanish nuksonlari: Irsiy va tug'ma kasalliklarni dastlabki tashxislash.