Anorganik kimyo
Ushbu kitobda anorganik va umumiy kimyo fanlarining asosiy tushunchalari, qonunlari, nazariy asoslari, kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo'ladigan birikmalarning xossa va xususiyatlari hamda jamiyatdagi ko'pgina muammolarni yechishda kimyo fanining roli haqida ma'lumot berilgan. Qo'llanmada umumiy va anorganik kimyoning hamma bo'limlari bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kimyo fani va uning vazifalari: Kimyo fanining mohiyati, vazifalari, tabiatshunoslikdagi o'rni va ahamiyati,O'zbekistonda kimyo fanining rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.
- Atom-molekulyar ta'limot: Atom, molekula, ion tushunchalari, atom va molekulalarning massalari, kimyoviy elementlar va ularning belgilari, kimyoviy formulalar, grafik formulalar, moddalarning xossalari, valentlik va oksidlanish darajasi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Kimyoviy element. Oddiy modda. Allotropiya: Kimyoviy elementlar, ularning nomlanishi, tasnifi, tabiatda tarqalishi, moddalarni tashkil etuvchi elementlar, kimyoviy elementlarning vazifalari, allotropiya hodisasi va uning sabablari.
- Atom tuzilishi: Atom tuzilishining asosiy nazariyalari, elektron konfiguratsiyasi, orbital va kvant sonlar tushunchalari, Paulining taqiqlash printsipi, Xund qoidasi kabi mavzularga bag'ishlangan.
- D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi: Davriy qonunning mohiyati, davriy sistemada elementlarning o'rni, atom tuzilishi va davriy qonuniyatlar, xossalarning davriy o'zgarishi, elementlarning o'xshashliklari va qardoshligi.
- Kimyoviy bog'lanish: Kimyoviy bog'lanish turlari (ionli, kovalent, metall va vodorod), ularning hosil bo'lish mexanizmlari, xususiyatlari va ularning moddalarning xossalariga ta'siri, molekulalararo kuchlar.
- Kimyoviy reaktsiyalar va tenglamalar: Kimyoviy reaktsiyalar, ularning turlari, termokimyoviy tenglamalar, ekzotermik va endotermik reaktsiyalar, qaytar va qaytmas reaktsiyalar, reaksiyaning tezligi, muvozanat va uning siljishi kabi mavzularni qamrab oladi.
- Kinetika: Kimyoviy kinetika, reaksiyaning tezligiga ta'sir etuvchi omillar, kataliz va katalizatorlar, kimyoviy muvozanat kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Eritmalar va dispers sistemalar: Eritmalar, ularning turlari va kontsentratsiyasi, eruvchanlik, kolloid eritmalarning xususiyatlari, dispers sistemalar, ularning tasnifi va ahamiyati.
- Elektrolitik dissotsiyalanish: Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissotsiyalanish darajasi va konstantasi, ionli tenglamalar, suvning ionli ko'paytmasi, vodorod ko'rsatkichi kabilar.
- Tuzlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalarining elektrolizi: Elektroliz jarayonining mohiyati, katod va anodda sodir bo'ladigan jarayonlar, elektrolizning amaliy ahamiyati.
- Oksidlar: Oksidlarning tasnifi, nomlanishi, olinish usullari va xossalari.
- Asoslar: Asoslarning tasnifi, nomlanishi, olinish usullari va xossalari.
- Kislotalar: Kislotalarning tasnifi, nomlanishi, olinish usullari va xossalari, neytrallanish reaktsiyasi.
- Davriy sistemaning I Bosh gruppasi elementlari: Ishqoriy metallar, ularning davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi asosida tavsifi, tabiiy birikmalari, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
- Davriy sistemaning II Bosh gruppasi elementlari: Umumiy tavsifi, berilliy va magniy, ularning tabiiy birikmalari, xossalari,kal'tsiyning ahamiyati va qattiqlik turlari.
- Alyuminiy: Alyuminiy, davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi asosida uning birikmalariga tavsif,alyuminiy oksidi va gidroksidining amfoterligi,alyuminiyning tabiiy birikmalari, uning texnikadagi roli.
- Davriy sistemaning VIII B gruppasi elementlari: Temirning kimyoviy xossasi, uning oksidlari va gidroksidlari, zanglash, po'lat olish jarayonlari, metallarning ahamiyati.
- Uglerod: Uglerodning allotropik shakllari, fizikaviy va kimyoviy xossalari, uglerod (II) va (IV) oksidlari, Karbonat kislota va uning tuzlari, uglerodni oltingugurt va azot bilan birikmalari,Metallarning karbidlari.
- Kislorod: Kislorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari, allotropiyasi, texnikada qo'llanilishi
- Vodorod: Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari, laboratoriyada va sanoatda olinishi, vodorodning ishlatilishi
- Davriy sistemaning VII BOSH GRUPPASI ELEMENTLARI: Galogenlar , ularning umumiy tavsifi. Galogenlarning tabiiy birikmalari. Ularning ishlatilishi. Xlor, Brom va yod
- Davriy sistemaning VІ BOSH GRUPPASI ELEMENTLARI: Umumiy tavsifi. Oltingugurt. Oltingugurt oksidlari, xossalari, sulfat kislota