Умумий овқатланиш маҳсулотлари технологияси

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Umumiy ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi" fanidan ma'ruzalar matni keltirilgan. Unda umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan xomashyolar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor taomlar va ularning assortimenti, sifatiga qo'yilgan talablar yoritilgan. Shuningdek, meva-sabzavotlar, yormalar, dukkaklilar, makaron mahsulotlari, go'sht, baliq va parrandalarni qayta ishlash texnologiyalari batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Ovqatlanish. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining assortimenti va ularning sifatini texnologik ta'minlash: Umumiy ovqatlanish korxonalari, mahsulot assortimenti, mahsulotlar sifati va ularni ta'minlash, pishiriq mahsulotlarining sifati, sifat darajasini baholash usullari.
  • Meva va sabzavotlarning texnologik xususiyatlari: Meva va sabzavot to'qimalarining tuzilishi, sabzavotli yarim tayyor mahsulotlar, kartoshkali yarim tayyor mahsulotlar, tozalangan kartoshkaning qorayishi va oldini olish, izdizmevali yarim tayyor mahsulotlar.
  • Meva va sabzavotlarga issiq pazandalik ishlovi berilganda boradigan fizik-kimyoviy jarayonlar: Meva va sabzavotlarning yumshashi, protopektin va gemitsellyulozalarning destruksiyalanishi, qaynatilgan va qaynatilmagan ayrim sabzavotlardagi protopektinning mikdori, gidrotermik ishlov berishda sabzavotlar hujayra devorining destruksiyalanish darajasining va to'qima mustahkamligining o'zgarishi.
  • Yormalarga, dukkaklilarga va makaron mahsulotlariga birlamchi pazandalik ishlovi berish: Yormalar, yormalarga birlamchi pazandalik ishlovi berish, dukkaklilarga mexanik va gidromexanik ishlov berish, dukkaklilarlarning hullash jarayonida bukishi, dukkaklilarga birlamchi pazandalik ishlovi berish, makaron mahsulotlariga birlamchi pazandalik ishlovi berish.
  • Yormalarga, dukkaklilarga va makaron mahsulotlariga issiq pazandalik ishlovi berish: Yormalarga issiq pazandalik ishlovi berish, turli konsistensiyali shovlalarni tayyorlashda ayrim texnologik ko'rsatkichlar, dukkaklilarga issiq pazandalik ishlovi berish, makaron mahsulotlariga issiq pazandalik ishlovi berish.
  • Go'shtli yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi: Uzunasiga ikkiga bo'lingan mol go'shtini nimtalash, katta bo'lakli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, porsiyali yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, natural yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, bulangan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, mayda bo'lakli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.
  • Parrandalarga birlamchi ishlov berish: Uy parrandalari va ilvasin (yovvoyi qush) go'shtining ovqatlik ahamiyati, butun tanali yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, parranfa filesidan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, natural va bulangan kotletlar, kiymalangan parrandan go'shtidan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar.
  • Baliqqa birlamchi ishlov berish: Muzlatilgan baliqni muzdan tushirish, tuzlangan baliqni ivitish, baliqni nimtalash, tangali baliqlarni ishlatish usuli, baliqlardan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, tangali va tangasiz baliqlardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar, osyotr balig'idan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar, qiymalangan baliqdan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.
  • Issiq suyuk taomlar: Qaynatma tayyorlash turlari, baliqli qaynatma, ko'ziqorinli qaynatma, xushxo'rlagichli suyuk oshlar tayyorlash, borshch tayyorlash, Moskva borshchi tayyorlash, rassolniklar tayyorlash, Leningraj rassolniklar tayyorlash, go'shtli yig'ma solyanka tayyorlash, sutli suyuk oshlar tayyorlash.
  • Souslar (sardaklar)ni tayyorlash texnologiyasi: Souslar to'g'risida tushuncha, go'shtli qaynatmadan tayyorlangan souslar, go'shtli qizil souslar, go'shtli ok souslar tayyorlash, ko'ziqorin qaynatmasidan tayyorlangan, tomat-pyureli ko'ziqorin sousi, ko'ziqorinli nordon sous, smetana qo'shib tayyorlangan souslar.
  • Sabzavotli taom va garnirlar: Sabzavotlarning qisqa tasnifi, ovqat tayyorlash uchun sabzavotlarga ishlov berish, sabzavotlarni dimlash, sabzavotlarni pishirish va bug'lash, sabzavotlardan taomlar va garnirlar retseptlari.