Танқидий фикрлашнинг педагогик асослари
Ushbu kitob tanqidiy fikrlashning pedagogik asoslariga bag'ishlangan bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini ochib beradi.
Asosiy mavzular
- Tanqidiy fikrlashning mohiyati va mazmuni: Ushbu mavzu tanqidiy fikrlashning turli ta'riflari, uning elementlari va ijtimoiy ahamiyatini yoritadi. Unda mustaqil fikrlashning o'rni hamda axborotning tanqidiy fikrlashdagi roli muhokama qilinadi.
- Tanqidiy fikrlash asoslari: Ushbu mavzu tanqidiy fikrlash bosqichlarini, chaqiriq, anglash va mulohaza fazalarining mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni shakllantirish asoslarini ham ko'rsatadi.
- An'anaviy va noan'anaviy o'qitish shakllari: Mavzu an'anaviy (dars, ma'ruza) va noan'anaviy (hamkorlikda o'qitish, loyihalashtirish) o'qitish shakllarining xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qiladi.
- Tanqidiy fikrlashda Bloom taksonomiyasidan foydalanish: Bloom taksonomiyasi yordamida ta'lim maqsadlarini loyihalashtirish, o'quv maqsadlarining asosiy kategoriyalari (bilish, tushunish, qo'llash, tahlil, sintez, baholash) va ularga mos fe'llar ko'rib chiqiladi.
- Guruhli ta'lim: Ushbu bo'limda kichik guruhlarda ishlashning samarali usullari, guruhlarni shakllantirish tamoyillari hamda guruhda ishlash qoidalari batafsil yoritiladi.
- Interfaol usullar: Interfaol usullarga 'Sinkveyn', 'Klaster' 'T-chizma', 'Venn diagrammasi', kabilar orqali matn bilan ishlash usullari ko'rsatilgan
- Bahs- munozaralar: Baxslarni tashkil etish uslublari ko'rsatilgan
- Baholash mezoni: Ushbu mavzuda o'quvchilarni baholash usullari bayon etilgan