Elеktrоn tеxnikа mаtеriаllаri vа mаhsulоtlаri tеxnоlоgiyasi
Ushbu kitob elektron texnika materiallari, xomashyo materiallarini qayta ishlash jarayonlari va yarimo'tkazgichlar hamda dielektrik materiallarni olish texnologiyalariga bag'ishlangan. Unda elektron texnika materiallarini ishlab chiqarishda kechadigan asosiy jarayonlar, xomashyo materiallariga qayta ishlov berish usullari, kristallanish va shishalanish kabi mavzular batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mikroelektronikada qo'llaniladigan materiallar to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Mikroelektronikada ishlatiladigan materiallarning tasnifi, metallar va qotishmalarning fizik asoslari, yarim o'tkazgichlar va ularning xossalari, dielektriklar va ularning xossalari, magnitli materiallar va ularning xossalari, plastik materiallar va ularning xossalari.
- Elektron texnika materiallarini hosil qilishda xomashyo materiallariga qayta ishlov berish jarayonlari: Elektron texnika materiallari texnologiyasidagi asosiy jarayonlarning umumiy xarakteristikalari, issiqlik uzatish jarayonlari, massa uzatish jarayoni, vaznsizlik sharoitida issiqlik va massa uzatish jarayoni, kimyoviy jarayonlar, qattiq fazali reagent va mahsulotlarning aktiv holati, texnologik yonish, xomashyo materiallarini qayta ishlash jarayonlari.
- Mikroelektronikada asosiy yarim o'tkazgichli va dielektrikli materiallarni hosil qilish texnologiyasi: Qattiq fazadan kristallarni o'stirish, suyuq fazadan kristallarni o'stirish, gaz fazasidan kristallar o'stirish, profilli monokristallar hosil qilish, kremniy monokristallini hosil qilish texnologiyasi, Galliy arsenidi monokristallarini hosil qilish texnologiyasi, nokristall materiallar texnologiyasi.