АТК фаолиятини ташкил этиш ва режалаштириш
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti korxonalarini tashkil etish, boshqarish va rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda korxonalarning faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslari, menejment asoslari, boshqaruv jarayonlarini tashkil etish, korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmlari imkon qadar yoritilgan. Kitob, asosan, 5340200-Menejment (avtotransport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Davlat ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish tuzilmasi: Korxonani tashkil qilish prinsiplari, korxona tuzilmalari, avtomobil transporti turlari va klassifikatsiyasi ko'rib chiqiladi.
- ATKda ishlab chiqarish jarayoni: Ishlab chiqarish jarayoni va fazasi, ishlab chiqarish strukturasi, transport jarayoni va uning tarkibiy qismlari, ATKda ishlab chiqarish jarayonining texnik-iqtisodiy jihatlari haqida ma'lumot beriladi.
- ATKda mehnatni texnik me'yorlashtirishni boshqarish: Avtomobil transportida NOTning xususiyatlari, mehnat taqsimoti shakli, ish vaqti harakatlari klassifikatsiyasi, texnik me'yorlashtirish, ishchilar mehnatini me'yorlashtirish masalalari yoritiladi.
- Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarish rejasini tuzish: Yuk va yo'lovchi tashish metodikasi, avtotransportni ekspluatatsiya qilish rejasi, tashish rejasining iqtisodiy asoslari, ATKning tashish quvvati va tarkibi, yillik ishlab chiqarish rejasi, avtomobil uchun ishlab chiqarish programmasi, korxonaning ishlab chiqarish samaradorligi, ATK rejasi (yuk tashish, avtobus, taksomotr).
- Korxonada texnik taraqqiyot va ishlash samaradorligini oshirish: Texnik taraqqiyot, ATKda boshqaruv texnik tadbirlari va yangi texnika, yillik iqtisodiy metodikasi, kapital qo'yilmalar, korxonaning texnik taraqqiyot rejasi, absalyut iqtisodiy samaradorlik, taqqoslash samaradorligi tushunchalari ko'rib chiqiladi.