Bоzоr jаrаyonlаrining indeks tаhlili
Ushbu darslik bozor jarayonlarining indeks tahliliga bag'ishlangan bo'lib, unda bozor iqtisodiyotining muhim jarayonlarini tahlil qilishda qo'llanadigan iqtisodiy indekslar, ularni tuzish uslubiyati va amalda hisoblash tartiblari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Indekslar nazariyasining predmeti va vazifalari: Indeks atamasining lug'aviy ma'nolari, iqtisodiy indekslar haqida umumiy tushuncha, iqtisodiy indekslarning turlari va tasnifi.
- Yakka indekslar: Yakka indekslar haqida tushuncha, yakka indekslar turlari va xossalari.
- Oddiy va tortilgan o'rtacha indekslar: Vaznsiz umumiy indekslar, vaznli o'rtacha indekslar.
- Agregat indekslar: Bazis vaznli agregat indekslar (Laspeyres indekslari), joriy vaznli agregat indekslar (Paashe indekslari), Laspeyres va Paashe indekslarining qiyosiy tahlili, boshqa shaklilli agregat indekslar.
- Guruhiy indekslar tizimi: O'zgarmas va o'zgaruvchan tarkibli indekslar, o'zgaruvchan tarkibli indekslar.
- Analitik indekslar tizimi: Iqtisodiyotda eksplukativ va adetiv bog'lanishlar, ikki omilli analitik indekslar tizimi.
- Iqtisodiy o'sish indekslari va makroiqtisodiy tahlil: Iqtisodiy o'sish va rivojlanish tushunchalari va ularning ko'rsatkichlari, yalpi ichki mahsulot jismoniy hajmi indeksi va deflyatori.
- Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish indekslari: Sanoat mahsuloti indekslari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish indekslari.
- Bozor baholarini barqarorlashtirish siyosati monitoringi quroli sifatida indekslarni qo'llash: Bozor baholari tizimi va tasnifi, iste'mol baholari indekslari va inflyatsiya darajasini aniqlash.