Ишлаб чиқаришни ташкил қилиш ва бошқариш

Ushbu kitob "Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish" fani boʻyicha maʼruzalar matni boʻlib, unda sanoat korxonalarida ichki ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor munosabatlari, korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, moddiy-texnik taʼminot kabi masalalar koʻrib chiqiladi. Kitob oliy oʻquv yurtlari talabalari, magistrlar va malaka oshirish markazlari tinglovchilari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari: Fanning obyekti, predmeti, uni oʻrganish metodologiyasi, mazmuni, boshqa fanlar bilan bogʻliqligi, vazifalari.
  • Korxonalar – ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy zvenosi: Korxonalarning turlari, tashkiliy-texnik tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasining korxonalar toʻgʻrisidagi qonuni, korxonaning asosiy maqsadi va vazifalari.
  • Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish yoki ishlab chiqarish menejmenti sistemasi: Sistemaning strukturasi, maqsadli, taʼminlovchi, funksional va boshqaruvchi kichik sistemalari, tashqi muhiti.
  • Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va uning tarkibi: Ishlab chiqarish jarayoni, operasiyasi, ularning klassifikasiyasi, jarayonni rasionali tashkil qilish prinsiplari.
  • Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, mehnat predmetlarining harakat turlari: Mehnat predmetlarining ketma-ket, parallel, parallel-ketma-ket harakatlari.
  • Ishlab chiqarish davri, uning davomiyligini hisoblash va qisqartirish yoʻllari: Ishlab chiqarish davri, ish davri, davr davomiyligini qisqartirish yoʻllari.
  • Ishlab chiqarish turlari: Ishlab chiqarish turlari (yakka, seriyali, ommaviy), tashkil qilish metodlari.
  • Asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish: Asosiy ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifalari va uslublari, potok liniyalari, uzluksiz va uzlukli potok.
  • Ishlab chiqarishni tashkiliy –texnologik tayyorlash: Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash (IChTT).
  • Ishlab chiqarishni moddiy-texnik taʼminlash va energetika xoʻjaligini tashkil qilish: Ishlab chiqarishni moddiy-texnik taʼminlash maqsadlari, jarayoni va rejalashtirish.Energetika xoʻjaligini tashkil etish va uni rivojlantirish yoʻnalishlari.
  • Remont xoʻjaligini tashkil qilish: Remont xoʻjaligi vazifalari, strukturasi va uni takomillashtirish asosiy yoʻnalishlari. Rejali-ogohlantirish remont sistemasi.
  • Transport va ombor xoʻjaligini tashkil qilish: Transport vositalari klassifikasiyasi. Transport xoʻjaligi ishlarining sifati va samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari. Ombor xoʻjaligini tashkil qilish, omborlar turlari.
  • Mahsulot sifati va sertifikasiyasining nazoratini tashkil qilish: Mahsulot sifati haqida tushuncha va uning mohiyati. Mahsulotni standartlashning mohiyati va asoslari. Mahsulot sifatining koʻrsatkichlari.
  • Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uning rezervlari: Ishlab chiqarish quvvati tushunchasi. Ishlab chiqarish quvvatiga taʼsir qiluvchi omillar. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish asosiy koʻrsatkichlari.
  • Hissadorlik jamiyatida iqtisodiy munosabatlarni tashkil qilish: Hissadorlik jamiyati toʻgʻrisida tushuncha. Hissadorlik jamiyatida tashkiliy ishlab chiqarish strukturasi.
  • Hissadorlik jamiyatida shartnoma munosabatlari: Shartnoma munosabatlari-hissadorlik jamiyati ichki bozor munosabatlarini rivojlanishining asosiy vositasi.
  • Ishlab chiqarish - boshqarish obyekti sifatida: Ishlab chiqarishni boshqarish. Ishlab chiqarishni boshqarishning maqsad va vazifalari. Ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari.
  • Korxona ishlab chiqarish strukturasi va uning rivojlanish omillari: Ishlab chiqarish strukturasi. Ishlab chiqarish strukturasining rivojlanish omillari.
  • Korxona tashkiliy strukturasi va uning rivojlanish omillari: Korxona tashkiliy strukturasi. Menejment sistemasida "maqsadlar daraxti"ni koʻrish.
  • Tovar sotishni tashkil qilish va ragʻbatlantirish: Sotish kanallarining iqtisodiy roli. Bozorni egallash strategiyasi. Sotishni ragʻbatlantirish.