Poliz ekinlari zararkunandalari faunasi, uning shakllanishi va zararli turlarga qarshi kurash choralari va ekspertiza qilish muammolari

Ushbu kitob O'zbekistonning Samarqand viloyatida poliz ekinlariga zarar keltiruvchi zararkunandalarni o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda poliz ekinlarining zararkunandalari faunasi, ularning shakllanishi, zararli turlarga qarshi kurash choralari va ekspertiza qilish muammolari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda zararkunandalarga qarshi kurashning integrallashgan usullari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Adabiyotlar sharhi: Poliz ekinlari zararkunandalarini o'rganish tarixining tahlili va poliz ekinlari hususida umumiy tushuncha va taksonomik tarkibi.
  • Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari: Samarqand viloyatining tabiiy geografik tasnifi, tadqiqot obyektlari, materiali va uslublari.
  • Tadqiqot natijalari: Samarqand viloyati maydonlarida tarqalgan poliz ekinlari zararkunandalarining ekologo-faunistik tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, shakllanishi va kurash choralari. Ekologo-faunistik tarkibi, bo`g`imoyoqlilar tipi, mollyuskalar tipi, xordalilar tipi, poliz ekinlari zararkunandalari faunasining shakllanishi, zararkunandalarga qarshi kurashning integrallashgan usuli.
  • Ekologik ekspertiza o`tkazish: Poliz ekinlarini ekishdan oldin davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish tartibi.