Интернет технологиялари

Ushbu kitob Internet texnologiyalari fanining muhim bo'limiga bag'ishlangan bo'lib, unda Internetning tuzilishi, protokollari, dasturiy ta'minoti va manzillari kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi va mustaqil o'rganuvchilar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Internetning tuzilishi: Internetning tarkibiy qismlari, uning rivojlanish tarixi va asosiy tamoyillari haqida ma'lumot beriladi.
  • Kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish: Kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish bosqichlari, tarmoqlarning Internet bilan bog'lanishi va asosiy qurilmalar (router, repiter va boshqalar) haqida tushunchalar beriladi.
  • Internet protokollari: TCP/IP va IPv6 kabi Internetning asosiy protokollari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Internetning dasturiy ta'minoti: Internetning dasturiy ta'minoti tuzilishi, klient-server arxitekturasi va vazifalari yoritilgan.
  • Internet manzillari va nomlari: Internet manzillari, domenlar, DNS serverlari, statik va dinamik IP manzillar, NAT tizimi kabi tushunchalar batafsil tahlil qilingan.
  • Marshrutizator: Marshrutizatorning ishlash prinsipi va vazifalari tushuntirilgan.
  • Internetga ulanishning texnik va texnologik ta'minoti: Kompyuterni internetga ulash, internetga ulanish usullari, yuqori tezlikda ishlaydigan modemlar, internet va televideniye haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Internet muhokama vositalari: Elektron pochta, spam va unga qarshi kurash, yangiliklar guruhi. Usenet va yangiliklar guruhi,internet muhokama, skayp, blogni yuritish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Elektron pochta: Elektron pochta, uni jnatish tamoyillari, elektrokn manzil olish, undan foydalanish sirlari va spam hamda unga qarshi kurashish haqida ma'lumotlar berilgan.