Ona tili va adabiyot

Kitob oʻzbek tilshunosligi, adabiyoti va nutq madaniyatiga bagʻishlangan boʻlib, unda tilning mohiyati, soʻzning ma’nosi, nutqning uslubiy xususiyatlari, badiiy adabiyot namunalari va ularning tahlili kabi masalalar oʻrin olgan. Shuningdek, kitobda buyuk mutafakkirlar va adiblarning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • ONA TILIM – JON-U DILIM: Ushbu boʻlimda til, tafakkur, nutq tushunchalari, nutq faoliyatining shakllari, oʻzbek tilining taraqqiyot bosqichlari, adabiy tilning boyish manbalari va «Davlat tili haqida»gi qonun moddalari sharhlanadi. Shuningdek, til va nutq odobiga oid maqol va hikmatlar yod olinadi.
  • TOʻGʻRI YOZISH – SAVODXONLIK ASOSI: Oʻzbek tilining imlo qoidalari, unli va undosh tovushlar imlosi, qoʻshimchalar qoʻshilishi tufayli yuzaga keladigan tovush oʻzgarishlari, qoʻshma va juft soʻzlarning yozilishi, bosh harflar imlosi, boʻgʻin koʻchirilishi va tinish belgilarining ishlatilish usullari ko'rib chiqiladi.
  • SOʻZ ICHRA MUDOM AQL YASHIRINDUR: Nutqiy muomala odobi mezonlari, nutqda soʻzni toʻgʻri tanlash va oʻrinli qoʻllash yoʻllari, soʻz ma’nolarini aniqlash va farqlay olish, koʻchma ma’noli soʻzlardan oʻrinli foydalana bilish, soʻzlarni shakl va ma’no munosabatiga koʻra farqlash, nutqda bu imkoniyatlardan foydalanish, soʻzlarning hissiy-ta’siriy belgilariga eʼtibor qaratiladi.
  • IFODA ANIQLIGI – FIKR RAVSHANLIGI: Gap va sintaktik aloqa vositalari, matn turlari (dialog, tavsifiy), nutq uslublari va ularning imkoniyatlari, matnni kengaytirish va qisqartirish yoʻllari oʻrganiladi.
  • QADIMIY ADABIY YODGORLIKLAR – MAʼNAVIYAT DURDONALARI: Ushbu bo'limda "Avesto" asari haqida so'z boradi. unda zardushtiylik ta'limoti qonun-qoidalari,Yazdoni pokning (Allohning) yaratuvchilik qudrati madhi va boshqa ko'plab manbalar mavjud.
  • XX ASR ADABIYOTI NAMUNALARI: Ushbu bo'limda XX asr o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalari Hamza Hakimzoda Niyoziy, E. Vohidov, O'tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Tohir Malik, Muhammad Yusuf asarlari keltirilgan.