Ўзбек ономастикаси терминларининг лисоний таҳлили
Ushbu kitob O'zbekiston onomastikasi terminlarining lingvistik tahliliga bag'ishlangan. Unda terminlarning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, tuzilishi, ma'noviy xususiyatlari, qo'llanilishi kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Kitobda soha terminologiyasining o'ziga xosligi, boshqa fanlar bilan aloqasi, lug'aviy va grammatik xususiyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, terminlarni standartlashtirish va takomillashtirish yo'llari ham o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbek onomastikasi terminlarining mavzuiy tasnifi: O'zbek onomastikasi terminlarining tematik guruhlari aniqlanadi. Unga ko'ra, atokli otlarning turlari, ilmiy yonalishlar, yirik ilmiy yonalishlar tarmoklari, onomastik birliklarni uslubiy-funktsional jihatdan tadqiq qilish yonalishlari va boshqalar ko'rib chiqiladi.
- O'zbekcha terminlar: Terminlarni yasashning turli usullari, xususan, affiksatsiya, sintaktik va leksik-semantik usullar orqali yangi terminlarning yaratilishi tahlil qilinadi. Bunda o'zbek tiliga xos bo'lgan so'z yasash usullari bilan birga boshqa tillardan o'zlashgan elementlar asosida terminlarning shakllanishi ham o'rganiladi.
- O'zlashma terminlar: Ushbu bo'limda arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan o'zlashgan terminlar, ularning o'zbek tilidagi terminologiya tizimida tutgan o'rni va ahamiyati, shuningdek, ularning lingvistik xususiyatlari tadqiq etiladi.
- Terminlarining tuzilishi: Terminlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma va birikmali tiplarga ajratib o'rganiladi. Ularning tarkibi, yaslish usullari va boshqa xususiyatlari keltiriladi.