Islom dini asoslari va ma`naviyati
Ushbu qoʻllanmada talabalar uchun "Islom dini asoslari va maʼnaviyati" fanidan mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar, zarur adabiyotlar va internet resurslari keltirilgan. Qoʻllanma talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibiga muvofiq tuzilgan.
Asosiy mavzular
- Islom dinining oʻziga xos xususiyatlari: Islom dinining vujudga kelishi, jahon dinlaridagi oʻrni, islomning oʻziga xosligi, Muhammad (s.a.v) hayotlari va faoliyatlari, islom dini oqimlari, manbalari.
- Markaziy Osiyo mutafakkirlarining maʼnaviy merosi: Islom dini manbalarini oʻrganishda Movorounnahr olimlarining oʻrni, ilmning inson hayotidagi ahamiyati, ustoz va shogird munosabatlari.
- Islomda muomala madaniyati: Insonlarning bir-biriga nisbatan vazifalari, oilaning muqaddasligi, farzand burchlari.
- Islom maʼnaviy kamolotida Islom dini: Kamtarinlik, insonning jamiyatdagi oʻrni, jamiyat mafkurasida Islom dini.
- Islomiy axloq: Islomda madaniyat tushunchasi, Qurʼoni Karim va hadislarda yuksak insoniy fazilatlar.
- Islom va tasavvuf ilmi: Tasavvufning mohiyati, shariat, tariqat, maʼrifat va haqiqat bosqichlari, buyuk tariqatchilar.
- Markaziy Osiyolik mashhur Islom olimlari: Markaziy Osiyolik Islom olimlari, fan arboblari, adib, shoir va tilshunoslar.
- Markaziy Osiyoda bunyod etilgan Islom obidalari: Markaziy Osiyo arxitekturasi, islom dini obidalarining jamiyatdagi oʻrni.
- Yangi davr. Islom dini va maʼnaviyati: Mustabid tuzumda Islom diniga munosabat, Oʻzbekiston mustaqilligi va Islom dini, mamlakatning Islom sivilizatsiyasidagi oʻrni.
- Oʻzbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonuni: Oʻzbekistonda dinlarga munosabat, qonunning mohiyati va ahamiyati.
- Diniy ekstremizm va fundamentalizm: Dunyoviy davlatning dinga munosabati, diniy fundamentalizmning kelib chiqishi.
- Islom dini va milliy gʻoya: Milliy gʻoyada dinning oʻrni, Islom dini oʻzbek millatining gʻoyasi sifatida.
- Navoiy viloyati Islom dini meʼmoriy obidalari (ekskursiya): Navoiy viloyatidagi Islom dini obidalari, ularning tarixi va ahamiyati.