Микроиқтисодиёт
Ushbu kitob bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning mahsulotlariga bo'lgan talab va taklif va ularning elastikligi bilan bog'liq nazariy va amaliy masalalarni yoritadi. Iste'molchilarning bozoridagi xatti-harakati va unga ta'sir qiluvchi omillar aniq misollar asosida ochib berilgan. Korxonalarning raqobatlashgan bozoridagi harakati, monopol va oligopolik bozorlardagi harakati bilan bog'liq nazariy va amaliy masalalar o'rganilgan va grafillar asosida tahlil qilingan. Korxonalar foydasini maksimalarlashtirishga doir masalalarning iqtisodiy qo'yilishi va yechimi ko'rsatib berilgan.
Asosiy mavzular
- Talab va taklif tahlili asoslari: Talab, uning manbalari va ta'sir qiluvchi omillari. Talab qonuni va talab funktsiyasi. Taklif va unga ta'sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni, taklif funktsiyasi va davrlari.
- Elastiklik: Elastiklik va uning turlari. Nuqtasion va yoyismon elastiklik. Kesishma elastiklik va uning ahamiyati. Tovarlarning elastiklik darajasiga ko'ra tasniflanishi.
- Iste'molchi tanlovi nazariyasi: Naflilik nazariyasining asosiy qoidalari. Chekli naflilik va naflilik funktsiyasi. Byudjet chizig'i va uning iqtisodiy mazmuni. Iste'molchi tanlovi va muvozanati shartlari.
- Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari: Firmalar tashkiliy shakllari, mulk shakllari. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari. Firmalarning tashqi va ichki harajatlari. Ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlik.
- Raqobatlashgan bozor: Mukammal raqobatlashgan боzor, raqobatlashuvchi firma. Ishlab chiqaruvchi optimal hajmda mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur shartlar. Sof raqobatlashuvchi firma o'z mahsulotini mukammal elastik hajmda talab o’lchoviga binoan baholaydi.
- Monopoliya: Sof monopoliya va bozor hukmronligi. Monopol sharoitda narx belgilash va monopol hukmronlik ko'rsatkichi. Monopol hukmronlik va jamiyat farovonligi. Monopol narxga soliqning ta'siri.
- Ishlab chiqarish omillari bozori: Iqtisodiyotda resurslar, kapital, yer, mehnat muhim omil hisoblanadi. Har bir omilga haq to`lashda ishlab chiqarish harajatlari, resurs qiymatiga, texnologik imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratiladi.
- Umumiy muvozanatlik: Muvozanatning mohiyati va ta'rifi. Bir qator bozorlardagi o'zgarishlarni aniqlash uchun ishlatiladigan usullar. Ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi ta'sirlar.
- Tashqi samaralar: Tashqi samaralar va ular bilan bog'liq muammolar. Davlatning tashqi samaralarni bartaraf etishdagi roli. Coase teoremasi.
- ijtimoiy ne'mat: Sof xususiy va sof ijtimoiy ne'matlar. Davlat tomonidan tovarlar va xizmatlar taqdim etilishi. Jamoatchilik tanlovi va iqtisodiyotda hukumat.