Kimyo Ma'ruzalar Kursi
Ushbu kitobda kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, atom tuzilishi, elementlarning davriy sistemasi, kimyoviy bogʻlanishlar, moddalarning holatlari, eritmalarning xossalari va elektrokimyoviy jarayonlar kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, energetika va mashinasozlikda qoʻllaniladigan metallar va ularning korroziyasi, organik birikmalar kimyosi va polimer materiallar haqida maʼlumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kimyoviy asosiy tushuncha va qonunlar: Kimyo fanining vazifalari, modda, element, atom va molekula tushunchalari, kimyoning rivojlanish tarixi va asosiy qonunlari, atom-molekulyar taʼlimot.
- Modda tuzilishi. Atom tuzilishi va elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi: Atom tuzilishi, kvant sonlar, Pauli prinsipi, D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi va uning ahamiyati.
- Kimyoviy bogʻlanish, molekulalarni oʻzaro taʼsirlanish turlati: Kovalent, ion, metall va vodorod bogʻlanishlar, kimyoviy bogʻlanishning harakteristikasi, elektromanfiylik va molekulalarning tuzilishi.
- Kimyoviy moddalarning holatlari: Moddaning gaz, suyuq va amorf, kristall holatlari, gazsimon holat qonunlari, suyuqlik holatining xususiyatlari.
- Kimyoviy jarayonlarning umumiy qonunlari. Kimyoviy kinetika.: Kimyoviy reaksiya tezligi va unga taʼsir etuvchi omillar, gomogen va geterogen kataliz, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti, termodinamikaning qonunlari.
- Geterogen sistemalarda muvozanat: Qaytar va qaytmas reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, muvozanat konstantasi, muvozanatni siljitish omillari va geterogen dispers sistemalar.
- Eritmalar. Elektrokimyoviy jarayonlar: Eritmalar haqida umumiy tushunchalar, eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash usullari, toʻyingan eritma, eruvchanlik, elektrolitik dissotsiatsiya darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
- Metall va qotishmalarning korroziyasi hamda undan ximoyalanish: Metallar korroziyasi haqida tushuncha, korroziya turlari va ularning oldini olish usullari.
- Metalllar kimyosi: Metallarning umumiy xossalari, ichki tuzilishi, tabiatda uchrashi, olinishi va fizikaviy va kimyoviy xossalari.
- Nometall elementlar kimyosi: Metallmaslarning umumiy va fizik, kimyoviy xossalari va ularning ishlatilishi. Bor va uglerod va silitsiy elementlarining xossalari.
- Yopishqoq moddalar kimyosi: Yopishqoq moddalar turlari va ularning xossalari, gidravlik va boshqa yopishqoq moddalar, portlandsement va uning qotishi, beton va unga qarshi kurash usullari.
- Organik kimyo. Organik polimer materiallar: Organik kimyo fanining ahamiyati, uglevodorodlarning ayrim vakillari, organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari, yoqilgʻi va uning turlari, organik polimerlar haqida tushuncha.
- Kimyo atrof muhit muhofazasi: Texnik progress va ekologik muammolar, atmosfera havosini va suv resurslarini muhofaza qilish, tuproq resurslarini muhofaza qilish, tevarak atrofni ifloslanishi va hozirgi zamon hayot tarzi.
- Energetika va mashinasozlikda elektro kimyoviy jarayonlar: Kimyoviy tok manbalari, elektro kimyoviy geperatorlar, elektro kimyoviy xolatlar, Metal va metal kotishmalarni elektrokimyoviy ishlashi.