Tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish
Ushbu kitob qishloq xo'jaligi sohasidagi talabalar, mutaxassislar va fermerlar uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproq unumdorligini oshirish, o'g'itlardan ratsional foydalanish, kimyoviy melioratsiya va agrokimyoviy xizmat ko'rsatish masalalarini yoritadi. Kitobda tuproqni agrokimyoviy tekshirish usullari, xaritalar tuzish, o'g'it normalarini hisoblash, shuningdek, bog' va tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritalar tuzish kabi amaliy masalalar batafsil ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Agrokimyoviy tadqiqotlarning dolzarbligi, vazifalari va ahamiyati.
- Xaritografiyalash ishlarini tashkillashtirish va dala ishlariga tayorgarlik ko'rish: Agrokimyoviy tadqiqotlarni tashkil etish, javobgar shaxslarning vazifalari, rejaviy xaritografik asos, dala ishlarida kerakli asbob-uskunalar.
- Dala ishlari va tadqiqotlar: Dalani elementar uchastkalarga bo'lish, namuna olish texnikasi, me'yoriy usullari va ularga bo'lgan talablar.
- Agrokimyoviy tekshirishda ishlatiladigan hujjatlar: Agrokimyoviy tekshirish kundaligi, tuproq xaritasi, shartnoma, etiketka, sifat nazorati, yopiq gruntda agrokimyoviy tekshirishlar.
- Agrokimyoviy laboratoriya tekshirishlari: Xaritografiyalashda laboratoriya usuli, tuproqdagi azot, fosfor va kaliy shakllarini analiz qilish.
- Agrokimyoviy xaritogrammani tuzish va shakllantirish: Xaritani tayyorlash, oziq moddalarni guruhlash, tuproqlarni kislotaligi va sho'rlanishi bo'yicha guruhlash, qishloq xo'jalik ekinlarini oziq elementlar bilan ta'minlanganlik darajasi.
- Agrokimyoviy qissa va agrokimyoviy xaritanoma asosida o'g'itlar dozasini hisoblash uslublari: Agrokimyoviy qissa, tuproq va o'simliklarni agrokimyoviy analiz natijalari, o'g'it normasini hisoblash, rejalashtirilgan hosilga o'g'it normasini hisoblash.
- Dala pasporti va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish: Dala pasporti xaqida tushuncha, dala pasporti qisimlari, daladan foydalanish.
- Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish (DKAM): DKAM tizimi, kimyoviy vositalarni qo'llashning uziga xosligi, organik o'g'itlarning qullanilishi.
- Agrokimyoviy xizmat ko'rsatish: Agrokimyoviy xizmat ko'rsatish turlari, xo'jalikning agrokimyoviy markazi.
- O'g'itlardan tabaqalashtirib foydalanish rejasini tuzish: O'g'itlardan foydalanish rejasi, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlardan foydalanish rejasi.
- Bog'larni agrokimyoviy xaritasini tuzish: Agrokimyoviy xaritanoma maqsadi, ahamiyati, tekshirishga tayyorgarlik, aralash namuna olish, xaritanoma tuzish.
- Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish: Tokzorlar uchun agrokimyoviy tekshirish, dala ishlariga tayorgarlik, xaritanoma tuzish.
- Tuproqlarni mikro-elementlar bo'yicha agrokimyoviy xaritanomasi: Mikroelementlar, ularning o'simliklar xaetidagi urni, O'zbekiston tuproqlaridagi mikro-elementlar miqdori