Жаҳон иқтисодиёти

Ushbu kitob jahon iqtisodiyotining nazariy va amaliy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda jahon xo'jaligining shakllanish bosqichlari, rivojlanish tendensiyalari, integratsiya jarayonlari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar faoliyati, demografik muammolar, tabiiy resurslar salohiyati, jahon mehnat bozori, O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi kabi masalalar keng yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlar, ilmiy xodimlar va jahon iqtisodiyoti bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Jahon iqtisodiyoti tizim sifatida: Ushbu mavzu jahon xo'jaligining mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, transmilliy korporatsiyalarning roli, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va integratsiya jarayonlarini o'z ichiga oladi.
  • Jahon xo'jaligining shakllanish bosqichlari: Bu mavzu jahon xo'jaligining tarixiy evolyutsiyasi, uning asosiy rivojlanish bosqichlari va har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
  • Jahon mamlakatlarining tasniflanishi va rivojlanish ko'rsatkichlari: Ushbu mavzu mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga, geografik joylashuviga va boshqa mezonlarga ko'ra tasniflash usullarini ko'rib chiqadi.
  • Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti: Mavzu xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati, shakllari, rivojlanish tendensiyalari va uning jahon iqtisodiyotiga ta'sirini o'rganadi.
  • Jahon iqtisodiyotining tabiiy resurslar salohiyati: Ushbu mavzu tabiiy resurslarning ahamiyati, ularning taqsimlanishi, ulardan foydalanish muammolari va istiqbollarini o'z ichiga oladi.
  • Jahon mehnat bozorining rivojlanishi: Mavzuda demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi va mehnat bozorining global muammolari ko'rib chiqiladi.
  • Jahon xo'jaligining sohaviy tarkibi: Ushbu mavzu sanoat, qishloq xo'jaligi, transport va xizmat ko'rsatish sohalarining jahon iqtisodiyotida tutgan o'rnini tahlil qiladi.
  • Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining tendensiya va istiqbollari: Ushbu bo'limda jahon iqtisodiyotining global tendensiyalari, integratsiya jarayonlari va transmilliy korporatsiyalarning roli haqida ma'lumot beriladi.
  • Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlarining borishi: Ushbu mavzu jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlarining mohiyati, shakllari va markazlarini o'rganadi.
  • Jahon iqtisodiyotida global muammolar: Jahonda turli xil global muommolar ekologik muammolar, oziq-ovqat va demografik muammolar, sabablari va ularning hal qilinishini o'rganadi.
  • Jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlar: Ushbu mavzuda jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlar rivojlanishi, xususiyatlari, iqtisodiy siyosatlari yoritiladi.
  • Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar: Ushbu mavzu jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy ahvoli iqtisodiy siyosatlari va asosiy ko'rsatgichlar haqida.
  • Jahon хўжалигида «Янги индустриал мамлакатлар»: Ushbu bob jahon хўжалигида «Янги индустриал мамлакатлар» иқтисодий ривожланишига таъсири ҳақида боради.
  • Жаҳон иқтисодиётида ўтиш иқтисодиётидаги мамлакатлар: Ушбу боб Ўтиш давридаги мамлакатларда хусусийлаштиришнинг шакллари, бозор иқтисодиётининг тараққиёти ҳақида боради.
  • Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Мамлакатлари Иқтисодиёти: Ушбу боб МДҲ ташкил топиши ва Ўзбекистон МДҲ ни ташкил этишдаги ролини очиб беради.
  • Ўзбекистон Республикасининг жаҳон иқтисодиётига интеграциялашуви: Ушбу бобда Ўзбекистоннинг жаҳон иқтисодиётидаги иштироки, халқаро иқтисодий ташкилотлар ва ҳамкорликдаги фаолияти очиб берилади.