Педагогика ва психология
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan pedagogika va psixologiya fanining asosiy jihatlarini oʻrganishga moʻljallangan qoʻllanmadir. Unda pedagogika fanining predmeti, asosiy tarmoqlari, kategoriyalari, metodlari, shuningdek, tarbiya nazariyasi, ta'lim nazariyasi va ta'limning zamonaviy texnologiyalari kabi masalalar batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda pedagogik mahorat asoslari va psixologiyaning dolzarb vazifalari, predmeti, shuningdek, shaxsning bilish jarayonlari va ijtimoiy xulq-atvori kabi mavzularga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Pedagogikaning umumiy asoslari: Pedagogika fanining predmeti, maqsadlari, vazifalari va asosiy tarmoqlari, asosiy pedagogik kategoriyalar, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
- Tarbiya nazariyasi: Tarbiya jarayoni haqida tushuncha, shaxs va uning rivojlanishi, shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar, tarbiya usullari haqida tushuncha, tarbiya turlari.
- Ta'lim nazariyasi: Didaktika haqida umumiy tushuncha, bilish - ta'lim jarayonining metodologik asosi, ta'limning mazmuni, ta'lim tamoyillari, ta'lim tamoyillariga tavsif, ta'lim metodlari, ta'limni tashkil etish shakllari, O'zbekistonda ta'limni isloh qilish tamoyillari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo'nalishlari.
- Ta'limning zamonaviy texnologiyalari: Pedagogik texnologiya haqida tushuncha, pedagogik texnologiyalar va ularning tavsifi, auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik shartlari, faol o'qitish metodlari va ularni tashkil etish, darsda munozara, breynstorming va treninglarni o'tkazish, bahs turlari, yozma bahsni o'tkazish qoidalari.
- Pedagogik mahorat asoslari: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari, pedagogik qobiliyat, pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi, pedagog va talaba o'rtasidagi muloqot.
- Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti: Psixologiyaning dolzarb vazifalari, predmeti, yangicha tafakkur va milliy mafkura shakllanishi sharoitida psixologik bilimlarning tutgan o'rni.
- Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish: Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish, amaliy psixologiyaning bozor munosabatlari sharoitidagi imkoniyatlari.
- Psixologiya: Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi, jamiyatni boshqarishdagi psixologik qonuniyatlar, shaxsga ta'sir etuvchi psixologik omillar, shaxs dunyoqarashi va ma'naviyatini shakllantirish omillari.
- Shaхsning faolligi: Shaхsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiya va ularni boshqarish. Ijtimoiy hulq motivatsiyasi. anglangan va anglanmagan motivlar.
- Shaхsning ijtimoiy borliqni bilishi: Shaхsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi. Idrok, хотира va diqqat jarayonlarini boshqarish