Биология

Ushbu kitob biologiya faniga oid ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda biologiya fanining predmeti, evolyutsiya nazariyasi, odamning paydo bo'lishi, biosfera va uni muhofaza qilish kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Biologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari: Biologiya fanining mohiyati, uni o'rganishning ahamiyati, ilmiy tadqiqot metodlari va fan oldida turgan muammolar.
  • Evolyutsiya ta'limoti: Evolyutsiya g'oyalarining paydo bo'lish tarixi, Markaziy Osiyoda evolyutsion g'oyalar, Darvingacha bo'lgan davrda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi va Darvin ta'limoti.
  • Evolyutsiya nazariyasi. Ch.Darvin evolyutsion nazariyasining mohiyati: Darvinning "Bigl" kemasidagi sayohati, darvinizmning rivojlanishidagi oqimlar va evolyutsiya sintetik nazariyasining umumiy tavsifi.
  • Evolyutsion jarayonning asosiy yo'nalishlari: Mutatsion o'zgaruvchanlik, G. de Friz ta'limoti, spontan va induktiv mutatsiya, foydali va zararli mutatsiyalar.
  • Erda hayotning turli tumanligi. Prokariotlar va eukariotlar: Sitologiya, hayotning hujayraviy va hujayrasiz shakllari, prokariot va eukariotlar tuzilishi va funksiyalari, hujayra organoidlari, o'simlik va hayvon hujayralaridagi o'xshashlik va farqlar, hujayra evolyutsiyasi.
  • Odamning paydo bo'lishi: Odam va hayvon gavda tuzilishidagi o'xshashlik va farqlar, antropogenezning harakatlantiruvchi omillari, odam evolyutsiyasining asosiy yo'nalishlari, odam irqlari, uning kelajakdagi rivojlanishi.
  • Biosfera va jamiyat: Biosfera tushunchasi, uning chegaralari, tarkibiy qismlari va funksiyalari, biosferada biomassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining moxiyati va axamiyati, biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni, biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, insongning biosferaga kursatadigan taosirlari.
  • Tabiatni muhofaza qilish: Tabiatni muhofaza qilish, biosferani saqlashda tabiiy boyliklardan tejab foydalanish, qayta ishlanadigan texnologiyalarga o'tish.