Ekologiya huquqi predmeti, metodi va tizimi

Ushbu kitob ekologiya huquqi, uning predmeti, metodi, tizimi, manbalari, sub`ektlari, javobgarlik, yerdan va suvdan foydalanishning huquqiy asoslari kabi masalalarni qamrab olgan. Unda ekologiya huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari, manbalari va tizimi batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik nazorat va ekspertiza, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish kabi mavzularga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Ekologiya huquqi predmeti, metodi va tizimi: Ushbu mavzu ekologiya huquqining tushunchasi, rivojlanish tarixi, asosiy yo'nalishlari, predmeti, tamoyillari, usullari va tizimini qamrab oladi. Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik turli yo`nalish va shakllarda uzoq vaqt davomida amalga oshirilib kelinmoqda. Asrlar davomida insoniuat tabiyat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun tabiyatdan foydalanib, unga ta`sir o`tkazmoqda. Jamiyat a`zolarining tabiyatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlarining oshishi, tabiiy resurskardan foydalanish qurollari, ya`ni texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi. Ushbu holat o`z navbatida tabiyatga jamieat tomonidan bo`ladigan ta`sirlarning bir necha barobar ko`payishiga olib keldi.
  • Ekologiya huquqi manbalari: Ushbu mavzu ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, hususiyatlari va tizimi, konstitutsiyaviy asoslari, qonunlari va qonun osti hujjatlarini qamrab oladi. Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi. Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarori, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
  • Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi: Ushbu mavzu tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari, mulk huquqining mazmuni, davlat mulk huquqini qamrab oladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir leb qayd etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yuli bilan hal etgan.Tabiiy resurslar boshqa mol-mulk kabi O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.
  • Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi: Ushbu mavzu ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi, davlat boshqaruvi organlari tizimi va organlarining vakolatini qamrab oladi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshharuvning tarkibiy hismi bo`ladi.. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tasgkil etish asosida inson atrof muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi.
  • Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati: Ushbu mavzu ekologik nazoratning tushunchasi, maqsad va vazifasi, ekologik ekspertizaning tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari, hamda ularning tizimini qamrab oladi. Ekologiya nazorati-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta'minlash qoida talablarini barcha vazirlik, davlat qo`mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o`rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`liq siyosiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar yig`indisini o`z ichiga oladi.
  • Ekologik huquqiy javobgarlik: Ushbu mavzu ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari, intizomiy va moddiy javobgarlik, ma'muriy va jinoyatlar uchun javobgarlik, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirishning huquqiy asoslari, tabiiy resurslarga bo'lgan huquqlarni cheklash, to'xtatib turishi va undan mahrum etishni qamrab oladi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishishni ta`minlash choralari tizimida qonun hujjatlariga rioya qilmaganlik, ekologik talablarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralari muhim o'rinni egallaydi. Yuridik javobgarlik deganda, huquq normalarini buzganlik uchun jazo choralarini qo'llash oqibatida huquqbuzarga salbiy oqibatlar tug'dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish tushuniladi.
  • Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati: Ushbu mavzu yerlarni muhofaza girlish va larding foydalanishning huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari, yagona davlat yer fondi va uning tarkibi, yerdan foydalanish huquqining vujudga kelishi va bekor bo`lish asoslari va tartibi, yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlarini qamrab oladi. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shuday usullardan eng muhimlaridan biri-yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, yer qonunlar yordamida buzilib tashlanishidan, ifloslanishidan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir.
  • Suvdan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati: Ushbu mavzu suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari, davlat suv fond iva uning boshqaruv organlari, suvdan foydalanish huquqi tushunchasi va turlari, suvdan foydalanish huquqining paydo bo'lishi va bekor bo'lish asoslari, suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, suvlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlarini qamrab oladi. Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo'lishi mumkin emas.Hindistondagi qadimgi shaharlardan biri Moxendjo-Darodagi xarobalar tekshirilganda diametri 0,5 dan 2,5 metrgacha keladigan quduq topilgan, chamasi u ayrim uylarni suv bilan ta`minlagan hamda jamoat joylarida odamlar cho'miladigan hovuzlar shu suv bilan to'ldirilgan.