Технологик жараёнларни лойиҳалаш
Ushbu kitob poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda poyabzal detallarini bichish, ishlov berish, yig'ish va materiallardan oqilona foydalanish kabi jarayonlar batafsil yoritilgan. Kitob talabalar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Poyabzal detallari uchun charmlarni bichish va qirqish texnologik jarayonlarini loyihalash: Materiallarni bichish jarayonlari, ishning maqsadi, jarayonni bajarish tartibi, texnologik karta tuzish.
- Poyabzal ustki detallariga ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash: Ustki detallarga ishlov berishning ahamiyati, ishlov berish usullari, texnologik jarayonlarni loyihalash, jixozlarni tanlash va asoslash, texnologik kartalarni tuzish.
- Poyabzal tag detallariga ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash: Tag detallarga ishlov berishning maqsadi, ishning hajmi, texnologik jarayonlarni loyihalash, jixozlarni tanlash, texnologik kartalarni tuzish.
- Tanovarlarni yig'ish sxemasini tuzish va texnologik jarayonlarini loyihalash: Tanovarni yig'ish sxemasini tuzish tartibi, texnologik jarayonlarni loyihalash, detallarga ajratish, texnologik karta tuzish.
- Poyabzalni yig'ish sxemasini tuzish va texnologik jarayonlarini loyihalash: Poyabzalni yig'ish sxemasi, detal va bog'larga ajratish, jixozlar bilan bog'liq holatlar va jarayonlar bilan ishlash.
- Ustki charm materiallarini bichish uchun bichuvchilarga topshiriq tuzish: Charm materiallarini bichishga topshiriq tuzishning asosiy vazifalari, ustki charmlardan oqilona foydalanish, bichuvchilar uchun dastlabki ma'lumotlar, ish bajarish me'yorlari, bichuvchilar sonini hisoblash.
- Tag charm materiallarini qirqish uchun topshiriq tuzish: Materiallarni oqilona ishlatish, qalinlik va navlarini hisobga olish, kerakli jixozlarni tanlash