Traktor va avtomobillar konstruktsiyasi

Ushbu kitob traktor va avtomobillar konstruktsiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat. Unda asosiy e'tibor mashinalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy qismlari va tizimlari, ularning vazifalari va xususiyatlariga qaratilgan. Kitob talabalarga fan bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Ilashish muftalarining yuritmalari: Ilashish muftalarining yuritmalari ishini xarakterlovchi parametrlari va ishlash prinsipini o'rganish. Yuritmalarning vazifasi, klassifikatsiyasi, qismlari va ishlash prinsipi ko'rib chiqiladi.
  • Uzatmalar qutisi, tarqatish qutilari: Uzatma qutisi va tarqatish qutisining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Karter, unda joylashgan val va shesternyalar konstruktsiyasi, sinxronizator va uzatmalarni almashlab qo'shish mexanizmi, hamda tarqatish qutisi va boshqarish mexanizmlari konstruktsiyasi o'rganiladi.
  • Uzatmalar qutisining boshqarish mexanizmlari. Gidrobosuvchi muftali uzatmalar qutisi: Uzatma qutisining boshqarish mexanizmlari va gidrobosuvchi muftali uzatmalar qutisi vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish.
  • Asosiy uzatma va differensial mexanizmlari: Asosiy uzatma va differensialning vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Karter, yetakchi, yetaklanuv shesternyalari va podshipniklarini joylashishi, differensial satelitlarini joylashishi, hamda podshipniklar va tishli g'ildiraklarini sozlash ko'rib chiqiladi.
  • G'ildirakli traktorlarning rul boshqarmasi: Rul boshqarmasi va rul yuritmasi kuchaytirgichining vazifasi, klassisifikatsiyasi hamda rul mexanizmlarining tuzilishini o'rganish.
  • Tormoz tizimining yuritmalari: Tormoz tizimining vazifasi, umumiy sxemasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Tormoz mexanizmlari va ularning turlari, barabanli va diskli tormozlar, mexanik va gidravlik yuritmalari, vakuum kuchaytirgich va pnevmatik tormoz yuritmasi ko'rib chiqiladi.
  • Zanjirli traktorlar yurish qismi: Zanjirli traktorlar yurish qismi vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Yurish qismining vazifasi, yo'naltiruvchi g'ildirak, yetakchi g'ildirak, oldi va orqa ko'priklar tuzilishi va harakatlanishi ko'rib chiqiladi.
  • Mashinalarning osmalari: Avtomobil osmasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Osmaning vazifasi, mustaqil, nomustaqil va balansirlangan osmalar sxemasi, egiluvchan elastik elementlari, teleskopik amartizatorlar va stabilizatorlar ko'rib chiqiladi.
  • Traktorlarning ish jixozlari: Traktorlarning ish jixozlari vazifasi, tuzilishi va ishlashini o'rganish. Gidravlik jihozlar, moy xaydab turivchi nasos, moy xaydash shlanglari va armatura, aylanish chastotasi regulyatori, forsunkalar, yonilg'i baklari va yonilg'i sathi ko'rsatgichi ko'rib chiqiladi.