Kvant fizikasidan amaliy mashg‘ulotlar

Ushbu qo'llanma kvant fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasining asosiy tushunchalari va amaliy qo'llanilishini o'rganishga mo'ljallangan. U talabalar va ilmiy izlanuvchilarga kvant mexanikasining amaliy mashg'ulotlarini o'zlashtirishda yordam beradi. Kitobda turli laboratoriya ishlari, ularning nazariy asoslari, bajarish tartibi va olingan natijalarni tahlil qilish usullari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Nurlanish spektrini o'rganish: Turli moddalarning nurlanish spektrlarini o'rganish, spektroskop va spektrografning tuzilishi, atomning chiziqli spektrlaridagi qonuniyatlar, Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi.
  • Radiaktiv modda aktivligini aniqlash: Radiaktiv modda, kimyoviy element, radiaktiv izotop haqida tushincha berish, yadro nurlari va ularni qayd etish metodlari, radiaktiv izotopning yemirilish qonuni.
  • Stronsiy-90 izotopidan chiqadigan β-zarralar energiyasini aniqlash: Beta-zarralar moddadan o'tganda uni ionlashtirish jarayonini o'rganish, beta-zarralar energiyasining ularning biror modda qalinligidagi chopish yo'li hisobiga qarab aniqlash.
  • Schetchikning γ-nurlarni qayd qilish effektivligini aniqlash: Rentgen va gamma nurlar ta'sirida tez sunuvchi schetchiklarni, fotoeffekt, kompton effekt va elektron-pozitron juftlarining hosil bo'lishini o'rganish, schetchik yerdamida rentgen va gamma nurlarni qayd qilish.
  • Gamma-kvantlar va rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsientlarini aniqlash: Rentgen va y-nurlarining moddadan o'tishi, sochilishi va yutilishi to'g'risida ma'lumot berish, rentgen va y-nurlarining moddaga ta'sirida sodir bo'layotgan effektlar to'g'risida tasavvur hosil qilish, yutilish koeffitsienti to'g'risida ma'lumot.
  • Chaqnash usulida qayd etuvchi detektor yordamida radioizotopning yemirilish davrini aniqlash: «USS»-tipdagi uskunaning tuzilishi va uning ishlash printsipi bilan tanishish, NaJ(Tl)-kristallarining yorug'lik chiqarish xususiyatlarini o'rganish, radiopreparatlarning yarim yemirilish davrini aniqlash.
  • Elementar zarrachalar xususiyatlarini EHMlar yordamida o'rganish: Dubna (RF) shahridagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining Yuqori energiyalar laboratoriyasi sinxrofazotronida tezlashtirilgan adronlar va yadrolar oqimi yo'liga qo'yilgan propanli pufakchali kameradagi to'qnashuvlarda hosil bo'lgan ikkilamchi zarrachalar treklarini identifikatsiya qilish.