Madaniy muassasalar faoliyatini tashkil etish va boshqarish

Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tayyorlangan bo'lib, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Majmuada madaniyat sohasini rivojlantirish, madaniy muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv usullari, rejalashtirish, moddiy-texnik ta'minoti, kadrlar siyosati va boshqa dolzarb masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Madaniyat sohasini halq xo`jaligida tutgan o`rni: Ushbu mavzu madaniyatning jamiyatdagi roli, uning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy ahamiyatini ochib beradi. Madaniyat sohasining xalq xo'jaligidagi o'rni, vazifalari va rivojlanish tendensiyalari ko'rib chiqiladi.Madaniyat muassasalarining kishilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilishdagi o`rni belgilab berilgan
  • Madaniyat muassasalari faoliyatining rivojlanish tarixi: Bu mavzu madaniyat muassasalarining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlarini, ularning shakllanishiga ta'sir etgan omillarni, shuningdek, O'zbekistonda madaniyat sohasidagi islohotlarni o'rganishga qaratilgan.Ushbu mavzuni o`rganishda istiqlol yillarida madaniyat muassasalari moddiy bazasini mustahkamlashga berilgan e`tibor yoritilgan
  • Madaniyat sohasi tarmoqlari ularning vazifalari: Ushbu mavzu madaniyat sohasini tashkil etuvchi asosiy tarmoqlarni (teatr, musiqa, kino, kutubxona, muzey, klub va boshqalar) va ularning har birining o'ziga xos vazifalarini ochib beradi. Madaniyat turlarini rivojlantirish uchun davlat tomonidan qo`llaniladigan uslublar yoritilgan.
  • Madaniyat sohasining boshqaruvchi davlat organlari.: Ushbu mavzuda madaniyat sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar, ularning vakolatlari, funktsiyalari, vazifalari va boshqaruv tuzilmalari ko'rib chiqiladi.Madaniy muassasalarida ish yuritishni boshqarish, xujjatlar tizimini o`rganish masalalari tashkil etish to`g`risida ma`lumot berilgan
  • Madaniy muassasalar faoliyatini rejalar bosqichlari.: Bu mavzu madaniyat muassasalarining rejalashtirish jarayoniga, uning tamoyillari, usullari va bosqichlariga bag'ishlangan. Rejalashtirishning asosiy shakllari (perspektiv, joriy, operativ) va ularning o'ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Maqsadli dasturlar va ularni rejalashtirish bosqichlari to`g`risda ma`lumotlar berilgan