Chizma geometriya

Kitob "Chizma geometriya va grafika" kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, oliy ta'lim muassasalarining talabalari uchun mo'ljallangan. Unda chizma geometriya fanining asosiy tushunchalari, nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklar tasviri, ularning o'zaro munosabatlari, proyeksiyalash usullari va boshqa amaliy masalalar keltirilgan. Kitob masalalar to'plami shaklida tuzilgan bo'lib, har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar va amaliy mashg'ulotlar uchun misollar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Nuqta, to'g'ri chiziq, tekislik: Nuqtaning ortogonal proyeksiyasi va aksonometriyasi, to'g'ri chiziqning proyeksiyasi, xususiy va umumiy holatdagi to'g'ri chiziq, kesmaning haqiqiy uzunligini va uning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan og'ish burchagini aniqlash, to'g'ri chiziqning izini yasash
  • Ikki to'g'ri chiziqning o'zaro holati: Ikki to'g'ri chiziqning o'zaro holati: o'zaro parallel va kesishuvchi chiziqlar
  • Tekisliklar: Nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning o'zaro tegishliligi, tekislikning izlarini yasash, tekislikning bosh chiziqlarini yasash. Ikki tekislikning o'zaro holati, tekislikka parallel tekislik o'tkazish. Ikki tekislikning o'zaro kesishuvi.