Озиқ-овқат товарлари товаршунослиги
Ushbu kitob oziq-ovqat tovarshunosligi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarining tasnifi, kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati, sifatini baholash usullari, saqlash sharoitlari va boshqa muhim jihatlar yoritilgan. Kitob davomida oziq-ovqat mahsulotari muammolari yoritib berilgan.
Asosiy mavzular
- Tovarlar tasnifi: Tovar tushunchasi, oziq-ovqat tovarlari tasnifi, tovarlarning iste'mol qiymati va ozuqaviy qiymati.
- Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi: Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi suv, uglevodlar, oqsillar, yog'lar, vitaminlar, mineral moddalar va boshqa biologik faol moddalarning ahamiyati.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini baholash usullari: Mahsulot sifatini organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa usullar bilan baholash, namuna olish qoidalari.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalari, omborxonalarga qo'yiladigan talablar, saqlash muddatlari va sharoitlari.
- Don va don mahsulotlari: Don ekinlarining sinfiy tuzilishi, un, yorma, non va makaron mahsulotlari haqida ma'lumot.
- Mevalar va sabzavotlar: Mevalar va sabzavotlarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati, tasnifi, saqlash va qayta ishlash usullari.
- Qand va shakar mahsulotlari: Qand lavlagi, asal va ulardan tayyorlangan mahsulotlar haqida ma'lumot.
- Go'sht va go'sht mahsulotlari: Go'shtning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati, tasnifi, ishlatilishi va sifati.
- Sut va sut mahsulotlari: Sutning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati, tasnifi va ulardan tayyorlangan mahsulotlar haqida ma'lumot.
- Oziq ovqat moylari: Oziq ovqat moylarining tarkibi, ularning turi va sifati.
- Lazzatli mahsulotlar: Choy, kofe va ziravorlar haqida ma'lumotlar.