Камёб металлар металлургияси
Ushbu kitobda kamyob metallar metallurgiyasi fanining o'quv dasturi keltirilgan. Dastur Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun mo'ljallangan. Unda talabalarning bilim, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar, fan bo'yicha asosiy tushunchalar, fan tarkibiga kiruvchi mavzular, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ishlar va darsliklar ro'yxati berilgan.
Asosiy mavzular
- Kamyob metallar haqida umumiy tushunchalar: Metallurgiyaning o'rni, O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fan va texnika yutuqlari, noёb metallar metallurgiyasining O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni.
- Molibden metallurgiyasi: Xom-ashyo bazasi, respublikada tutgan o'rni, kashf qilinish tarixi, qo'llanilishi, konlar mineral va kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish asosiy jarayonlari.
- Vol'fram metallurgiyasi: Xom-ashyo va zahiralar, geologik va kimyoviy tarkibi, zamonaviy ahvoli, vol'fram ishlab chiqaruvchi korxonalar, vol'fram va uning birikmalari.
- Reniy metallurgiyasi: Metall xom ashyolari, reniy va uning birikmalari, xususiyatlari, rudalar va ularning kimyoviy tarkiblari, xalq xo'jaligida ishlatilishi, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi, turli xil mahsulotlardan ajratib olish.
- Niobiy metallurgiyasi: Umumiy tushunchalar, boyitma va rudalardan kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish, metallik niobiy ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi.
- Tantal metallurgiyasi: Umumiy tushunchalar, boyitma va rudalardan kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish, metallik tantal ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi.
- Titan metallurgiyasi: Umumiy tushunchalar, boyitma va rudalardan kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish, metallik titan ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi.
- Tsirkoniy metallurgiyasi: Umumiy tushunchalar, boyitma va rudalardan kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish, metallik tsirkoniy ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi.
- Germaniy metallurgiyasi: Germaniy birikmalarini xususiyatlari, xom ashyo manbalari, germaniyni turli xil mahsulotlardan ajratib olish, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi.
- Indiy metallurgiyasi: Indiy birikmalarini xususiyatlari, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi, indiyni turli xil mahsulotlardan ajratib olish.
- Uran metallurgiyasi: Uran va uning birikmalarini xususiyatlari, ishlab chiqarishni zamonaviy ahvoli, qo'llanilishi, uranni turli xil mahsulotlardan ajratib olish.