Elektrоtexnika, elektr yuritma va elektrоnika asоslari
Ushbu kitob elektrotexnika, elektr yuritma va elektronika asoslariga bag'ishlangan bo'lib, amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun qo'llanma hisoblanadi. Unda o'zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarini o'rganish, transformatorlar, asinxron dvigatellar, yarimo'tkazgichli diodlar va tranzistorlar, fotorelelar va mul'tivibratorlar kabi elementlarning ishlash prinsiplari va xususiyatlari tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- O'zgarmas tok murakkab zanjirlarini o'rganish: Zanjirdagi tok va kuchlanish o'zgarishini o'lchash, Om qonunini qo'llash, alohida shaxobchalardagi kuchlanish tushuvini aniqlash, aralash ulangan zanjirlarni yig'ish va hisoblash.
- Aktiv va induktiv qarshilikli o'zgaruvchan tok elektr zanjirini tekshirish: Aktiv qarshilik, induktivlik va sig'imdan iborat o'zgaruvchan tok zanjirini tekshirish, Om va Kirxgof qonunlarini tekshirish, zanjirning aktiv, reaktiv va to'la qarshiliklarini topish, kuchlanish va tok orasidagi faza siljish burchagini aniqlash.
- Aktiv va sig'im qarshilikli o'zgaruvchan tok zanjirini tekshirish: Aktiv qarshilik va sig'im elementlardan tashkil topgan o'zgaruvchan tok zanjirini tekshirish, Om va Kirxgof qonunlarini qo'llash.
- Induktiv va sigim elementlari ketma-ket ulangan zanjirlarni o'rganish (Kuchlanishlar rezonansi): Aktiv, induktiv va sig'im qarshiliklari ketma-ket ulangan elektr zanjirida rezonans xodisasini tekshirish, zanjir parametrini aniqlash va rezonans vaqtida ish rejimini o'rganish.
- Induktivlik va sigim qarshiliklarni parallel ulash (Toklar rezonansi): Induktiv va sig'im o'tkazuvchanliklar parallel ulangan zanjirlardagi rezonans hodisasini tekshirish, rezonans holatida zanjir parametrlarini aniqlash, nazariy hisoblashlar bilan solishtirish.
- Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjirida quvvat va energiyani o'lchash: Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjirida quvvat va energiyani o'lchash usullari bilan tanishish, tok kuchi va kuchlanishni o'lchash, foydali quvvatni o'lchashdagi xatoliklarni hisoblash.
- Uch fazali tok iste'molchilarini «yulduz» usulida ulash: Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirida quvvat va quvvat koeffitsentini aniqlash, tok zanjiri elementlarini yulduz usulida ulash.
- Uch fazali tok iste`molchilarini «uchburchak» usulida ulash: Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirida quvvat va quvvat koeffitsientini o'lchash, uchburchak usulida ulashning turli ish rejimlarini o'rganish, simmetrik va nosimmetrik yuklamalarni ulash.
- Bir fazali transformatorni tekshirish: Transformatorni tuzilishi va ish rejimlari bilan tanishish, transformatorning asosiy ish tavsiflarini o'rganish.
- Asinxron dvigatelni tormozlash va reverslashni o'rganish: Asinxron dvigatelni ishlash printsipini va ishga tushirishni o'rganish, asinxron dvigatelni reverslashni va to'xtatish usullarini o'rganish.
- Yarim o'tkazgichli diodni tekshirish: p-n o'tishni o'rganish, yarim o'tkazgichli diodni TKECh (VAX) ni olish.
- Yarim o'tkazgichli tranzistorni tekshirish: Yarim o'tkazgichli tranzistorni ishlash printsipini o'rganish, tranzistorni TKECh (VAX) ni olish.
- Fotoreleni o'rganish: Fotoreleni ishlash printsipini va uni vol tamper xarakteristikasini olish, fotoqarshilikni o'tkazuvchanligiga bog'liq holda elektromagnitik releni ishlashini tekshirish.
- Multi vibratorlarni o'rganish: Multi vibrator qurilmasining ishlash printsipini o'rganish, multi vibrator ishlab chiqargan signallarni taqqoslash.