Milliy g`оyа va mаfkurа

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta‘lim Vazirligi tomonidan chop etilgan bo‘lib, Qarshi Davlat Universitetida Milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi tomonidan tayyorlangan ishchi dasturdir. Dasturda milliy g‘oya va mafkura fanining maqsad va vazifalari, fanlararo bog‘liqligi, talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar, o‘qitishdan kutiladigan natijalar, fanining soatlar bo‘yicha taqsimoti, mazmuni, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ish mavzulari keltirilgan. Adabiyotlar ro'yxati va baholash mezonlari ham ilova qilingan.

Asosiy mavzular

  • Milliy mafkura faniga kirish: Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish zarurati, milliy mafkura tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlik, fanining predmeti va vazifalari, tadqiqot ob`ekti, shakllanish va taraqqiyot xususiyatlari, tayanch tushunchalari va asosiy tamoyillari.
  • Mafkura va sivilizasiya (tamaddun), ular o‘rtasidagi tarixiy aloqadorlik: Tamaddun tushunchasining mohiyati, tamaddun madaniy taraqqiyotning bosqichi sifatida, tamaddun va mafkura o‘rtasidagi tarixiy aloqadorlik, Sharq va G‘arb sivilizasiyalariga milliy mafkuralar ta’siri.
  • Mifologik g‘oyalar ularning mafkuraga ta’siri: Mif, mifologiya, mifologik g‘oyalar, asotir (mifologik) dunyoqarash, miflardagi g‘oyalarning odamlar ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning mafkuraviy yo‘llari, Turon mifologiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Zardushtiylik mafkurasi va ularning qadimiy xalqlar mafkurasi hayotida tutgan o‘rni: «Avesto» - eng qadimiy g‘oyalar aks etgan yozma yodgorlik, Zardushtiylik axloqining asoslari, buddaviylik, moniylik g`oyalari va falsafsining moxiyati.
  • Islom falsafasi g‘oyalarining Irta Osiyo xalqlari milliy mafkurasining shakllanishiga ta’siri: Islom dunyoqarash, ta’limot, din, taqvo, imon, e’tiqod, ma’naviyat, g‘oyalar tizimi sifatida, Qur’oni Karimdagi umumbashariy g‘oyalar, islom fiqhshunosligi va uning g‘oyaviy tarbiyada tutgan o‘rni, tasavvuf g`oyalarining badiiy ijoddagi ifodasi.
  • Turonzamindagi javonmardlik g‘oyalari va ularning o‘zbek milliy mentalitetidagi o‘rni: Javonmardlik g‘oyalari tushunchasi, Turonzamindagi javonmardlik g‘oyalari va ular asosida vujudga kelgan xarakatlar, javonmardlik g`oyalarining arab bosqinchilariga qarshi kurashdagi irni, javonmardlik g‘oyalari va axloqiy tamoyillaridan ijodiy foydalanish.
  • Ilmiy-falsafiy g‘oyalar, ularning milliy mafkuraning shakllanishidagi o‘rni: Dunyoviy, ilmiy-falsafiy g‘oyalar tushunchasi, dunyoviy xamda ilmiy-falsafiy g‘oyalarning tarixiy tizimida tutgan irni, ilmiy g`oyalar, ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan irni.
  • Milliy mafkuraning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va roli: Mafkuramizning subs`ansional xarakteriga kira g‘oyaviyat, funksional xususiyatiga kira esa ma’naviyat ekanligi, Milliy mafkuraning inson va jamiyat taraqqiytidagi irni.
  • O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ziga xos xususiyati: O‘zbekiston Respublikasining suveren Demokratik Respublika deb e’lon qilinishining tarixiy ashamiyati, Mamlakatda mustaqil ma’naviy taraqqiyotning o‘ziga xosligi.
  • O‘zbekiston milliy mafkurasining tarixiy, ilmiy-nazariy ildizlari: O‘zbekiston milliy mafkura o‘zbek xalqi ma’naviy hayoti taraqqiyotining mahsuli ekanligi, Xalqimiz og‘zaki ijodiyoti va milliy mafkura, diniy merosimizning mafkurasining yaratilishidagi irni va roli, Milliy mafkuraning taraqqiyot manbailari.
  • I.A.Karimov – O‘zbekiston milliy mafkuraning asoschisi: O‘zbekistonning iz istiqlol va taraqqiyot yilining I.A.Karimov tomonidan belgilab berilishi, Yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yilimizning besh asosiy tamoyili, Adolat mezonini buzmaslik, yangi uyni qurmay turib eskisini buzmaslik g‘oyalarining yangi dunyoqarashni shakllantirishdagi metodologik ashamiyati.
  • Milliy mafkurada umumiylik va xususiylik dialektikasi: O‘zbekiston milliy mafkurasi rivojlanuvchi umuminsoniy qadriyatlarning o‘ziga xos kirinishi, insonparvarlik g‘oyalarining davomi ekanligi, O‘zbek millati ma’naviy qadriyatlari va ularning respublikada millatlararo munosabatlarning mustahkamlanishi va uyg‘unlashuvidagi roli.
  • Milliy dunyoqarash uning mazmuni va ahamiyati: Milliy dunyoqarashning shakllanishida O‘zbekiston iz mafkura va taraqqiyot yilining belgilanganligining ashamiyati, Milliy dunyoqarashning qaror topishida, ijtimoiy fikr, qadimgi xalq an’analari, shayotga kirib kelishi.
  • Milliy mafkura va siyosat: Siyosat jamiyatning tashkiliy, boshqaruv-nazorat jabshasi ekanligi, Siyosat va mafkura irtasidagi umumiylik, Milliy mafkura va davlat siyosati.