Педагогика

Ushbu kitob pedagogika fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari, metodlari va rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi. O'quvchida pedagogik dunyoqarashni shakllantirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondashuv ko'nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikrlar evolyutsiyasi, xorijiy davlatlar ta'lim tizimidagi ilg'or tajribalar ham o'rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogikaning umumiy asoslari: Pedagogika fanining mohiyati, maqsad va vazifalari, tuzilishi, ilmiy tadqiqot metodlari, fan sifatida shakllanishi, iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi o'rni, asosiy tushunchalari (tarbiya, ta'lim, ma'lumot) kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Shaxsni shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish: Pedagogikada shaxs tushunchasi, rivojlanish muammolari, shaxsga ta'sir etuvchi omillar, o'rta osiyolik mutafakkirlar ta'limotida shaxs kamoloti, davlat dasturlarida shaxs kamoloti masalalari yoritiladi. Shuningdek, "Odam", "Inson", "Shaxs" tushunchalariga izoh beriladi.
  • Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari: Barkamol avlod tushunchasi, uning maqsadlari, vazifalari, shaxs kamolotida insoniy fazilatlarning o'rni, barkamol avlod tarbiyasining tarkibiy qismlari (aqliy, axloqiy, g'oyaviy-siyosiy, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, mehnat va kasb-kor, diniy, badiiy) kabi jihatlar batafsil tahlil etiladi.
  • O'zbekistonda tarbiya va xalq maorifi tizimi: Xalq maorifi tushunchasi, uzluksiz ta'lim tizimi va turlari, ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, ta'lim va tarbiya jarayonidagi hamkorlik, davlat ta'lim standartlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr: O'rta Osiyoda pedagogika tarixining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari, o'rta asrlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar, qadimiy ma'rifiy yodgorliklarda ta'lim va tarbiya, islom dinida ta'lim tarbiya masalalari, Sharq mutafakkirlari ilmiy faoliyatining dunyoviy bilimlarning tarqalishidagi o'rni kabi masalalar o'rganiladi.
  • Temuriylar davrida, XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoda ijtimoiy hayot, tarbiya, maktab va pedagogik fikr: Mazkur davrda Markaziy Osiyoda ta'lim va tarbiyaning rivojlanishi, табиий фанларни ўқитишнинг ривожланиши. Ўзбек мутафаккирларининг таълим тарбия ривожига қўшган хиссалари kabi masalalar ko'rib chiqilgan
  • XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrda maorif, tarbiya, maktab va pedagogik fikr: Ushbu davrda ta'lim muassasalarining rivojlanishi, Turkistonda chorizm maktab siyosatining бошланиши. Туркистон ўлкасида илғор педагогик фикрлар: Туркистонда жадидчилик ҳаракати. Янги усул мактабларининг пайдо бўлиши masalalari ko'rib chiqilgan
  • Европада tarbiya, maktab va педагогик фикр: Ushbu bo'limda Qadimga Yunoniston va Yevropada ta'lim, maktab va pedagogik fikr, Христиан динининг келиб чиқиши va унинг таълим tarbiyaga ta'siri kabi masalalar o'rganilgan
  • Tarbiya nazariyasi: Tarbiya jarayonining mohiyati, tamoyillari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari kabi masalalar yoritilgan.
  • Ta'lim jarayonining umumlashtirilgan pedagogik texnologiyalari: Ushbu bo'limda o'qitishning ko'rgazmali, tushuntiruvchi, muammoli, dasturlashgan differensial, faol, rivojlantiruvchi kabi umumlashtirilgan texnologiyalari yoritilgan.
  • Turli tipdagi kasb-hunar kollejlarida ta'limni tashkil etishning tashkiliy shakllari: Mazkur bo'limda kasb hunar kollejlarida, ta'limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida dars o'rin olgan. O'quv reja va dasturlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
  • Kasb - hunar kolleji raxbarining ishi: Kasb-hunar kolleji raxbarining kasbiy malakasi, xulq-atvori, umuman jismoniy va ma'naviy taraqqiyotini o'rganish шуни кўрсатадики, бу жараён мураккаб ва зиддиятлидир. Шу сабабли rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir бўladi.