Vоkal texnikasi asoslari

Ushbu qoʻllanma Oʻzbekiston Davlat sanʼat institutining Musiqiy fanlar va vokal kafedrasida koʻp yillar davomida qoʻshiqchilikka turli darajada layoqati boʻlgan talabalar bilan ishlash natijasida yaratilgan. Qoʻllanmada sahna koʻrinishi, vokal texnikasi, nafas olish, talaffuz, ovoz gigiyenasi va qoʻshiqchilik madaniyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Tomoshabinlar koʻz oʻngida hal qilish zarur boʻlgan vazifalar: Sahnaga chiqish madaniyati, aktyorning imidji va uni yaratish usullari, sahnada oʻzini tutish qoidalari, tana harakatlari va ularning tomoshabinga taʼsiri.
  • Ovoz aʼzolari haqida qisqacha maʼlumot: Ovoz hosil qiluvchi aʼzolar (ogʻiz, burun, halqum, tovush paychalari, traxeya, bronxlar, oʻpka, nafas mushaklari, diafragma), ularning tuzilishi va funksiyalari, ovoz va eshitish oʻrtasidagi bogʻliqlik.
  • Ovoz hosil boʻlish jarayoni: Tovush hosil boʻlish mexanizmi, nafasning roli, ovoz burmalarining tebranishi, rezonatorlar va ularning ahamiyati, toʻgʻri nafas olish texnikasi.
  • Diksiya: Artikulyatsiya aʼzolari (lablar, til, jagʻlar, tanglay) va ularning talaffuzdagi roli, toʻgʻri talaffuz qoidalari, nutq madaniyati, talaffuzni mashq qilish usullari.
  • Ovoz a'zolari organlari: Jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, nafas olish, vokal niqobi va asosiy rezonator, tovush hujumi, vokal esnog'i va halqum holati, mashqlar bajarish orqali ovoz tizimini rivojlantirish.
  • Ovoz ustida ishlashning keyingi bosqichlari: Ovozning harakatchanligi va ravonligi ustida ishlash, ravon intonatsiya, vokal intervallari, ovoz tembrini shakllantirish, vokal mashqlar.
  • Ovoz a'zolaridan kasbiy foydalanish gigiyenasi va madaniyati boʻyicha ma'lumotlar: Ovoz a'zolarini himoya qilish, ovoz gigiyenasi qoidalari, ovozga zarar yetkazuvchi omillar, kasblarining oldini olish, sharoitlar va mashqlar.