Jahоn adabiyoti tariхi

Kitob jahon adabiyotining qadim zamonlardan to uyg'onish davrigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Unda antik Yunoniston va Rim adabiyotlari, shuningdek o'rta asrlar va uyg'onish davri Italiya adabiyotining asosiy vakillari haqida ma'lumot berilgan. Asarda Gomer dostonlari, Esxil, Sofokl va Evripid tragediyalari, Plavt va Terensiy komediyalari, Vergiliy va Ovidiylarning asarlari tahlil qilingan. Dante Aligyeri, Petrarka va Bokkachcho ijodi ham keng yoritilgan. Kitobda o'quvchilar adabiyotning turli janrlari, yo'nalishlari va vakillari haqida keng tasavvurga ega bo'lishi uchun zarur ma'lumotlar jamlangan.

Asosiy mavzular

  • Yunon adabiyotining ibtidoiy davri: Qadimgi Yunon adabiyotining shakllanishi, Gomer dostonlarining paydo bo'lishi, antik davrda adabiy janrlar va turlarning rivojlanishi.
  • Attika davri yunon adabiyoti: V-IV asrlarda Yunon jamiyati va madaniyati, Afinaning yuksalishi, demokratiyaning rivojlanishi, teatrning paydo bo'lishi va rivojlanishi, Esxil, Sofokl va Evripidning tragediyalari.
  • Ellinizm davri yunon adabiyoti: Aleksandr Makedonskiyning imperiyasi, madaniyatning yangi markazlari, yangi attika komediyasi, Aleksandriya poeziyasi.
  • Rim adabiyoti: Respublika davrida Rim adabiyoti, dastlabki Rim shoirlari, Plavt va Terensiyning komediyalari, Avgust davri Rim adabiyoti, Vergiliy va Ovidiylarning ijodi.
  • O'rta asrlar adabiyoti: Qadimgi davrlardagi qahramonlik eposlari, Fransuz qahramonlik eposi, Ispan qahramonlik eposi. «Sid haqida qo'shiq»
  • Yevropa Uyg'onish davri adabiyoti: Italiyada uyg'onish davri adabiyoti, Dante Aligyeri, Petrarka, Jovanni Bokkachcho