Ma’naviyat asoslari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan "Ma'naviyat asoslari" o'quv fani misolida zamonaviy pedagogik texnologiya qonuniyatlaridan foydalangan holda ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashning turli usul va yo'llari keltirilgan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Ma'naviyat asoslari" fanini o'qitish borasida yangicha bir yondashuv misolida ham DTS talablariga javob beruvchi bir uslubiy qo'llanma sifatida shu sohadagi barcha o'rta maxsus va oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Ma'naviyatning ma'no-mazmuni, hayotdagi o'rni va ahamiyati haqida: Ma'naviyatning ma'no-mazmuni, hayotdagi o'rni va ahamiyati haqida turli fikr va ta'riflar. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida ma'naviyat tushunchasiga bergan ta'rifi, uning ma'naviyatning mohiyatini o'rganishdagi o'rni.
- Ma'naviyatning predmeti: Inson va jamiyat ma'naviy hayotini o'rganuvchi fan. Uning maqsadi jamiyat ma'naviy taraqqiyotining asosi ekanligi. Ma'naviyat va maʼrifat uyg'unligi.
- «Ma'naviyat»ning kategoriyalari: O'zlikni anglash, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixohlik, iymonlilik, halollik, e'tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik va boshqalar.