Ўткир сийдик тутилиши.

Kitob siydik tutilishi, uning turlari, sabablari, diagnostikasi va davolash usullari haqida ma'lumot beradi. Kasallikning kelib chiqishi, klinik belgilari, tashxislash usullari va davolash usullari batafsil yoritilgan. Kitob tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va vrach-urologlar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Siydik tutilishining etiologiyasi: Siydik tutilishiga olib keluvchi sabablar: mexanik, funksional yoki neyrogen buzilishlar oqibatida hamda ba'zi dori preparatlarini uzoq vaqt davomida qo'llash.
  • Siydik tutilishining patogenezi: Siydik tutilishining patogenezida asosan mexanik va dinamik faktorlar muhim rol o'ynaydi. Keksa yoshdagi erkaklarda muntazam ravishda siydikning chiqishiga to'skinlik qiluvchi qovuq ichi obstruktsiyalari (infravezikal obstruktsiya)ga javoban (mexanik faktor) qovuq devori mushaklarining m. detrusor vesicae ham tonusi oshadi.
  • Siydik tutilishining diagnostikasi: O'tkir siydik tutilishi, odatda, siydik oqimiga surunkali to'siq borligi natijasida paydo bo'ladi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi) va raki, uretra torayishi, siydik chiqarish kanalining ichidagi yoki qovuq buyinchasidagi tosh va o'smalar uning eng ko'p sabablari hisoblanadi.
  • Парадоксал ишурия: Сийдик тулиқ тутилиши (парадоксал ишурия) даги сийдик тутолмаслик ташхиси нисбатан осон, чунки дизуриянинг бу тури секин ривожланади ва субъектив ҳамда объектив симптомларнинг куплиги билан бошка дизуриялардан фарқ қилади.
  • Қовуқни катетеризация қилиш: Врач урологлар томонидан энг куп бажариладиган амалиётлардан бири бу қовуқни катетеризация қилиш хисобланади.